O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Yordamchi moddalar dori turining maqsadiga mos kelishi zarur


Download 390.77 Kb.
bet16/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

Yordamchi moddalar dori turining maqsadiga mos kelishi zarur. Surtma dorilar uchun asoslar surtilish xususiyatiga ega bo’lib, surtilgan a’zodan sirg’alib tushib ketmasligi kerak. Shamchalar uchun asoslarning erish xarorati 37 °S va xona xaroratida qattiq bo’lishi lozim. Erituvchilar dori preparatini faqat eritishi, u bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmasligi kerak.

Yordamchi moddalar dori preparati bilan mutanosib bo’lishi shart. Dori preparatlarida nomutanosiblik uch turga bo’linadi.

1. Fizik nomutanosiblik, bunda dori turida o’zgarish - namlanib qolish, erimaslik, aralashmaslik singari holatlarda namoyon bo’ladi.

2. Kimyoviy nomutanosiblik - dori preparat bilan yordamchi modda o’rtasida yoki dori preparat bilan boshqa dori preparati o’rtasida kimyoviy reaksiya ketishi mumkin.

3. Farmakologik nomutanosiblik- bunda bir dori turida bir necha ta’siri, bir biriga zid bo’lgan dori preparatlari berilganda namoyon bo’ladi. Yordamchi moddalar tanlab olinganda albatta nomutanosiblik masalasi ko’rilishi kerak. Agar yordamchi modda dori preparati bilan nomutanosib bo’lsa, unda yo dorisifatsiz tayyorlanadi, yo mo’ljallangan dori turi hosil bo’lmasligi yoki eng xavflisi zararli moddalar hosil bo’lsa, nohush holatlarga olib kelishi mumkin. Yordamchi modda biologik nuktai nazardan zararsiz bo’lishi kerak.

Ular dori preparatiga xam, inson organizmiga xam zararsiz bo’lishi kerak. Shuning uchun hozirgi kunda, xar bir yangi yordamchi modda yoki ishlatilayotgan yordamchi modda yangi dori preparati bilan birgalikda kuyidagi bandlar bo’yicha tekshirilgandan so’ng ko’llanishga ruxsat beriladi:

1.Mutagenlik - yordamchi moddaning ta’siri;

2. Тeratogenlik - onkologik kasalliklarga sabab bo’lmasligi;

3. Zaxarlilik - zaxarli bo’lmasligi;

4. Allergiya chaqirmasligi kilmasligi;


Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling