O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Download 390.77 Kb.
bet24/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

Presslash nazariyalari. Ҳar qanday tabletka ma’lum bir bosim ostida olinadi. Bu esa bosim ta’sirida qanday o’zgarishlar yuz berishini tushuntirishni taqozo etadi. Yuqori bosim ostida, moddaning hajmi, keskin kamayadi, natijada uning xossalari keskin o’zgaradi. Masalan, ularni elektr o’tkazuvchanligi ortadi, demak yuqori bosim ostida dielektriklar ham metallik xossasini namoyon etadi. Qattiq jismlarni presslashdagi nazariy masalalar yaxshi o’rganilmagan. Keyingi vaqtlarda fizika-mexanika va dorilar texnologiyasining rivojlanishi, metallar, silikatlar va plastmassa texnologiyasini rivojlanishiga turtki bo’ldi. Bu sohani rivoji, oziq-ovqat sanoatida o’z samarasini ko’rsata boshladi. Bu yutuqlarni farmatsevtika sanoatida ham qo’llanilishiga hech qanday shubha bo’lishi mumkin emas. Shulardan kelib chiqqan holda, mutaxassislar tabletka texnologiyasida yuz beradigan o’zgarishlarni fizik-kimyoviy, mexanika hamda fizik-mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qildilar.

Тabletkalar qattiq dozalarga bo’lingan dori turlari bo’lib, ularga dispers muhitsiz, o’zaro bog’langan dispers sistema deb qaralsa bo’ladi. Qattiq jism har bir zarrachaning o’ziga xos mexanik xossalari bo’ladi: qovushqoqlik, qayishqoqlik, elastiklik, qattiqlik va boshqalar. Bu xossalar zarrachalarni deformatsiyaga qarshilik darajasini belgilaydi. Qattiq jismlarning bu xossalari o’z navbatida, moddaning tuzilishiga, molekulalararo kuchning katta-kichikligiga bog’liq bo’ladi. Kukunlarda zarrachalarni bir-biriga tortishi mexanik va elektrostatik kuchlar hisobiga amalga oshiriladi. Presslanmagan kukunlar zarrachalari orasidagi masofa katta bo’lganligi sababli, elektrostatik kuchlar kichik bo’ladi. Zarrachalararo elektrostatik kuch ulardagi atomlar soniga proporsional bo’ladi. Presslash jarayonida zarrachalar bir-biriga yaqinlashishi bilan molekulalararo kuch ko’payadi va zarrachalar o’zaro birikadi.

Kukunlarni presslab tabletka olish jarayoni 3 bosqichdan iborat bo’ladi: boshlang’ich, o’rta va oxirgi.

Boshlang’ich bosqichda g’ovaklikni kamayishi hisobiga zarrachalarni hajmi jadal suratlar bilan kamayadi.

O’rta bosqichda, ma’lum vaqt oralig’ida bosim ortishiga qaramasdan zarrachalarning zichlanishi kuzatilmaydi, bu zarrachalarni zichlanishiga bo’lgan qarshiligi bilan tushuntiriladi. Bu bosqichda asosan elastiklik, deformatsiya kuzatiladi. Bu bosqichni davom etish vaqti kukunlarni elastiklik xossasiga bog’liq bo’ladi. Bu bosqichni davom etish vaqti kukunni elastiklik darajasiga bog’liq bo’ladi. Elastik kukunlar uchun zichlanish vaqti ko’p bo’ladi. Plastik moddalar uchun esa qisqa bo’ladi.

Oxirigi presslash bosqichi, elastik deformatsiya plastik deformatsiyaga aylanganidan boshlab, yuz bera boshlaydi. Zarrachalarning qattiqligi va elastiklik darajasiga hamda zarrachalarni qolipda joylashishiga qarab 2 xil deformatsiyani kuzatish mumkin.

Presslashni so’nggi bosqichida zarrachalar bir-biriga yaqinlashadi va ular orasidagi muloqotlar ko’payadi. Bunda zarrachalarni o’zaro tortishish kuchi ko’payadi, natijada bir butun buyum hosil bo’ladi.

Presslash natijasida hosil bo’ladigan mustahkam buyumlarning, mexanizmini tushuntirish uchun I.Poxolok va V.A.Boldirev (1952), Mali (1961) bir nechta nazariyalarni ishlab chiqqan. Ulardan ko’proq amaliy ahamiyatga ega bo’lganlari: kapillyarlik nazariya, kolloid nazariya, erish nazariyasi va zarrachalarni bir biriga mexanik kirib borish nazariyasidir.




Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling