O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Yordamchi moddalarni fizik-kimyoviy tavsifi va farmakokinetikasi bo’yicha tasniflanishi


Download 390.77 Kb.
bet20/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

Yordamchi moddalarni fizik-kimyoviy tavsifi va farmakokinetikasi bo’yicha tasniflanishi:

  1. Shakl hosil qiluvchi moddalar. Bu turdagi yordamchi moddalar suyuq dori shakllarini tayyorlash texnologiyasida erituvchi sifatida (tozalangan suv, in’eksion suv va boshq.), qattiq dori shakllarini tayyorlash texnologiyasida to’ldiruvchi sifatida (sut qandi, kraxmal, talk va boshq.), yumshoq dori shakllarini tayyorlash texnologiyasida surtma asosi (vazelin, moy va boshq.) va shamcha asosi (kakao moyi, jelatin va boshq.) hisoblanadi. Ular dori moddalariga dori shakllarini berishga hizmat qilib, ma’lum bir geometrik shakl, og’irlik va hajm kabi boshqa talablarni namoyon bo’lishiga yordam beradi.

  2. Dori moddasining turg’unligini ta’minlovchi yoki oshiruvchi moddalar (stabilizatorlar). Тurg’unlik – dori moddasini dori shakli ko’rinishida ishlab chiqarilgan vaqtidan boshlab butun saqlanish davomida fizik-kimyoviy va mikrobiologik xossalarini to’liq o’zida saqlab qola olishidir. Uni quyidagi usullar bilan ta’minlash mumkin:

  • dori shaklini turg’unligini ta’minlash;

  • dori moddasini turg’unligini ta’minlash;

  • mikroblar kontaminatsiyasini ta’minlash.

Dori moddasining turg’unligini ta’minlovchi yoki oshiruvchi moddalar quyidagi uch guruhga bo’linadi:

  • kimyoviy tuzilishga ega bo’lgan stabilizatorlar – dori vositalarini tayyorlanish jarayoni va saqlash mobaynida ishlatiladi, ular har xil sterilazatsiya jarayonini o’taydigan (ayniqsa termik sterilizatsiya) dori shakllari katta amaliy ahamiyatga ega;

  • fizik-kimyoviy tizimli (dispers) stabilizatorlar – ishlatilishi bo’yicha har xil jinsli tizimlarda katta amaliy ahamitga ega;

  • mikroblarga qarshi ishlatiladigan stabilizatorlar (konservantlar) – dori vositalarida mikroorganizmlari rivojlanishi va ko’payishini oldini oladi.

  1. Eruvchanlikni oshiruvchi moddalar (solyubilizatorlar). Bu turdagi yordamchi moddalar amalda erimaydigan yoki qiyin eriydigan dori moddalarini erishini oshiradi. Bu maqsadda ishlatiladigan yordamchi moddalarni asosini sirt faol moddalar (SFM) tashkil qiladi (tvin-80, o’t kislotasi).

  2. Dori moddasining ta’sirini uzaytiruvchi moddalar (prolangatorlar). Bular dori moddasini organizmda ushlanib qolish vaqtini uzaytirib, organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi. Bunga asosan dori moddasini dori vositasi yoki shakli tarkibidan ajralib chiqishini sekinlashtirish bilan erishiladi. Bu turdagi yordamchi moddalarga quyilgan xususiy talablardan biri ular dori moddasining qondagi maksimum konsentratsiyasini belgilangan vaqtda hosil qilishi shart. Shundagina kerakli terapevtik samaradorlik o’z vaqtida yuzaga chiqadi. Dori moddalarini ta’sirini uzaytirish uchun amalda ko’proq yuqori molekulyar birikmalar (MS, KMS, natriy KMS, PVP, kollagen va boshq.) ishlatilishi mumkin.

  3. Dori moddasini rangi, hidi va mazasini me’yorlashtiruvchi moddalar (korrigentlar). Bu maqsadda ko’proq tabiiy va sintetik moddalar yoki ularning eritmalari ishlatiladi. Masalan oddiy qand qiyomi, chuchukmiya, malina, olcha qiyomlari va boshq. Shuningdek, saxaroza, laktoza, fruktoza, sorbit, saxarin, efir moylaridan yalpiz, apelsin va anis kabi korrigentlardan ham bugungi kunda amaliyotda keng-ko’lamda foydalanilmoqda.

Yordamchi moddalarning dori turiga shakl berishini nazarda tutib, ularni quyidagi sinflarga bo’lish mumkin.

- erituvchilar;

- surtma dorilar uchun asoslar;

- shamchalar uchun asoslar;

- kukundorilar tayyorlashda ishlatiladigan asoslar;

- sirt faol moddalar;

- stabilizatorlar;

- konservantlar;

- dorining mazasini yaxshilaydigan moddalar (korregentlar);

- emulgatorlar.

Granulalar – qattiq dori shakli bo’lib, ular zarrachalarining o’lchami 3,0 mkm dan katta bo’lgan bir yoki bir necha dori moddalarini maydalash orqali olingan yoki bir yoki bir necha dori moddalari yoki ularni yordamchi moddalar bilan hosil qilgan aralashmalarini namlovchi-bog’lovchi moddalar yordamida zarrachalar o’lchamini 0,2 mm dan katta, 3,0 mm dan kichik bo’lgan o’lchamlarga yetkazilgan, faqat ichish uchun mo’ljallangan, dozalarga bo’lingan, sochiluvchan xossaga ega bo’lgan dori turlaridir.

Granula - lotincha "granum" so’zidan olingan bo’lib, “donacha”, “bug’doycha” degan ma’nolarni anglatadi. Granulalar amaliyotda ikki xil maqsadlar uchun qo’llaniladi:

1. Тayyor dori vositasi sifatida biron-bir kasallikni davolash yoki oldini olish maqsadida.

2. Sifatli tabletka olish uchun oraliq mahsulot sifatida.

Granulyatsiya jarayoni faqatgina granula dori shaklini olishda emas balki kukunlardan tabletka olish davrida taxtakachlash jarayonini qulay va optimal holatga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.

Granulyatsiyaning ahamiyati:



  1. Massa sochiluvchan bo’lganligi uchun tabletka olish jarayonida massani hampadan (tabletka mashinasining voronkasi) bir me’yorda tushishini ta’minlaydi.

  2. Murakkab tarkibli tabletkalarni olishda zichligi turlicha bo’lgan moddalarda qavatlanish hodisasini oldini olishga yordam beradi.

  3. Dori moddasining tabletkada bir xil dozada bo’lishini ta’minlaydi.

  4. Massani sochiluvchanligini ta’minlaydi va qoldiq namlik me’yorda bo’lsa, presslash jarayoni oson kechadi.

  5. Dori moddalarini granula ko’rinishida turg’unligini ta’minlash va shu orqali saqlanish muddatini oshirish mumkin.

Granulyatsiyalash quydagi usullarda olib boriladi:

  1. Strukturalab granulyatsiyalash:

- yolg’on qaynoq yuzada granulyatsiyalash;

- purkash orqali granulyatsiyalash;



  1. Quruq holda granulyatsiyalash:

- maydalab granulyatsiyalash;

- briketlab granulyatsiyalash.



  1. . Namlash orqali granulyatsiyalash:

- g’alvirdan o’tkazib granulyatsiyalash;

- suyultirib granulyatsiyalash;

Strukturlab granulyatsiyalash 1958 yilda AQSh da Uester tomonidan taklif etilgan bo’lib, usul mahsus qurilmada olib boriladi. Bu usul eng zamonaviy, istiqbolli bo’lib, unda nisbatan bir xil katta-kichiklikdagi, usti granulalar olish imkoniyati bor. Bu usulni uzluksiz ishlaydigan, va to’liq mexanizatsiyalashgan jarayonga o’tkazish ham mumkin. Хozirgi vaqtda shu asosda uzluksiz ishlaydigan N.I. Gelperin (1965 y) va boshqalar taklif qilgan ko’p tanali qurilmalar ham mavjud.

Uester tomonidan taklif qilingan qurilmaning asosidagi “yolg’on qaynoq yuza” prinsipida ishlaydigan granulyatorlardan biri SG 30 granulyatori hisoblanadi

Qurilma silindr shakliga ega bo’lib, uning ishchi qismiga granula tayyorlanishi kerak bo’lgan massa (dori va yordamchi moddalar aralashmasi) solinadi. Qurilmaning yuqori qismidan katta bosim ostida maqsadga muvofiq bog’lovchi modda purkaladi. Qurilmaning g’alvirsimon tubidan esa ma’lum haroratgacha isitilgan va filtralgan havo belgilangan bosim ostida yuboriladi. Moddalar zarrachalari xavoda muallaq holatda suzib yurishi natijasida “yolg’on qaynoq yuza” hosil bo’ladi. Zarrachalar bog’lovchi modda zarrachalari bilan yupqa qatlam hosil qilib, ketma-ket boshqa zarrachalar bilan to’qnashib kattalasha boradi. Ҳosil bo’lgan donachaning massasi berilayotgan havo zichligini yengish darajasigacha ortganidan so’ng qurilmaning tubida yig’iladi Birikishga ulgurmagan mayda zarrachalar esa qurilmaning yuqori qismida siklonga duch keladi va ishchi qismga qaytariladi. Jarayon esa shu tariqa davom etadi.

Quruq usulda granulyatsiyalash granula tayyorlanishi lozim bo’lgan dori moddasi yoki uni yordamchi moddalar bilan hosil qilgan aralashmasini fizik kimyoviy xossalariga qarab tanlanadi, ya’ni agar ular namlik ta’sirida biron-bir o’zgarishga uchrasa quruq usulda granulyatsiyalashga o’tiladi.

Quruq usulda granulyatsiyalashning asosiy texnologik bosqichlari quyidagilardan iborat:


  • dori moddalari va yordamchi moddalarni aralashtirish;

  • ixchamlashtirish yoki yaxlit bir jism holiga keltirish;

  • maydalash;

  • elash;

  • upalash;

  • aralashtirish.

Quruq usulda granulyatsiyalashda zarrachalarda aglomeratsiya jarayoni bo’lib o’tadi. Uning mexanizmi quyidagi ikki bosqichda boradi:

Birinchi bosqichda molekulyar, elektrostatik va tortishuv (magnit) kuchlari asosida, turli tabiatga ega bo’lgan zarrachalar bir-biri bilan tortishishadi. Natijada zarrachalarni o’zaro bog’lanishi hisobiga shakllanish yuzaga keladi. So’ng kapillyar kuchlar ta’siri yuzaga chiqadi.

Ikkinchi bosqichda zarrachalar orasida o’zaro ko’priklar hosil bo’lishi hisobiga aglomeratsiya jarayoni yuz beradi. Natijada zarrachalar yetiladi, bunda eruvchan moddalarning qisman suyuqlanishi yoki kristallanishi sodir bo’ladi. So’ng kimyoviy reaksiyalar, bog’lovchi moddalarning qotishi yoki erimaydigan moddalarning kristallizatsiyasi hisobiga zarrachalar o’rtasida qattiq ko’priklar hosil bo’lishi kuzatiladi.

Quruq usulda granulyatsiyalash uchun ishlatiladigan granulyator teshikchalarning diametrini to’g’ri tanlab olish, texnologik jarayonlarning keyingi bosqichlarini, shuningdek massaning texnologik xossalari jumladan massaning sochiluvchanligi, sochiluvchan zichligi kabi xossalarini ijobiy bo’lishi hisobiga jarayonlarni bir me’yorida davom etishi uchun xal qiluvchi omil bo’lib hisoblanadi.




Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling