O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
Elashdagi turboelektrik xodisalar
Download 390.77 Kb.
|
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zirillovchi elaklar
- Giratsion elaklar
- Presslash jarayonini ng nazariy asoslari . Reja
Elashdagi turboelektrik xodisalar. Turboelektrik xodisa deb, ishqalanish natijasida elektr zaryadlari xosil bo’lishiga aytiladi. Bunday xodisalar ba'zan dori moddalarni elashda xam yuz berib, bunda xosil bo’lgan zaryad qarama-qarshi qutbli bo’lishi mumkin. Masalan, oltingugurt va qo’rqoshin oksidini aloxida-aloxida zarrachalar ishqalanish xisobiga manfiy, birgalikda esa xar xil ( oltingugurt manfiy, qo’rqoshin oksidi musbat) zaryadlar xosil bo’ladi. Ba'zi elektr faol moddalar zaryadi yo’qolgandan yoki chiqib ketgandan (utechka) so’ng qattiq (prochnga) bo’laklar xosil kiladi. Bunday moddalarga qo’rqoshin oksidi, bugdoy kraxmali, qand va boshqalar kiradi. Triboelektrik xodisalar elash jarayonini qiyinlashtirgani uchun uni xosil bo’lishini oldini olish kerak. Buni eng qulay usuli elak materialini o’zgartirish yoki tolqonlarni xar xil usullarda elashdir.
Tebranma elakli mashinalar. Bunda qildirakchalar (rolik) ga 2-40 qiyalikda joylashtirilgan elak tirsakli o’q yordamida ikki yo’naltirgich orasida ilgarilama teskari xarakat qiladi. Uni tebranish soni 50 dan 200 martagacha bo’lib, amplitudasi 200 mm gacha bo’ladi. Ancha mukammallashtirilgan mashinada elak qutisi (korobka) bilan oshiq-moshiqli (sharnir) ilmoq (podves) qa yoki qiyshiq shotili tirgovich (opora) ga o’rnatilgan bo’lib, ilgarilanma-teskari xarakat qiladi. 2-3 elak ustma-ust joylashtirilgan tebratmalar ancha qulay xisoblanadi. Masalan, maydalangan xom ashyoni nastoyka yoki ekstrakt tayyorlashdan oldin ikkita ketma-ket joylashgan elakdan o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Xom ashyo xampadan teshigi kichik bo’lgan elakka tushib elanadi, bunda diametri 0,5 mm dan kichik bo’lgan zarrachalar o’tadi. Chang va mayda zarrachalardan tozalangan xom ashyo ikkinchi elakda elanganda 3 mm dan kichik bo’lgan xamma zarrachalar o’tadi, elakda qolganlari esa qaytadan maydalashga yuboriladi. Zirillovchi elaklar. Zirillovchi (vibratsion) elaklar elektro magnitli, gritsion (o’qi markaz chetida bo’lgan) va inertsion elaklarga bo’linadi. Zirillovchi elaklarni mayda tolqonlarni elashda ishlatish maqsadga muvofikdir, chunki zirillovchi xarakat elak teshiklariga tolqon tiqilib qolishini oldini oladi. Elektromagnitli zirillovchi elakda ilgarilanma teskari qaytariladigan xarakat elakka maxkarnlanib qo’yilgan yakorni navbatma-navbat magnitlanishi va magnitsizlanishi xisobiga amalga opadi (rasm). Asbob elektr tarmogiga ulanganda elektromagnit yakorni va unga maxkarnlab qo’yiigan elakni tortadi, bu vaqtda o’ng tomondagi ulagich uziladi va yakor magnitsizlanadi, elakni orqaga xarakati kuchli purijinalar erdamida amalga oshiriladi. Bu jarayon soniyasiga 200 marta, 3 mm amplituda bilan uzluksiz davom etaveradi. Giratsion elaklar. Xar xil o’lchovdagi bitta, ikkita va uchta elakdan tashkil topgan bo’ladi. Ular elakli qutidan (1), prujinali tirgovich (2) va tayanch rarnadan tashkil topgan (3).( rasm-). Xarakatlantiruvchi mexanizm xarakatni tasmadan oladigan ekstsentrikli o’qdan tashkil topgan. X o’q ikkita muvozanatni ushlab turadigan toshla- ri bo’lgan maxovikka mustaxkamlangan bo’ladi. Ekstsentrikli o’q aylanganda elanadigan tolqon qarama-qarshi oqimda aylanma xarakatga kelib, uni yaxshi saralanishiga olib keladi. Do’mbirali elaydigan dastgoxlarlar yuzasi elakli aylanadigan do’mbiradan tashkil topgan bo’lib, 3-8° qiyalikda joylashtirilgandir. Elanadigan material do’mbira ichiga solinadi va aylanganda elak teshiklaridan o’tadi, katta bo’laklar va tashlandiq moddalar do’mbirani oxiriga yiqiladi va chiqarib tashlanadi. Odatda do’mbira qilofli bo’ladi. Do’mbirani bitta yoki 2-3 elakli yuzasi bo’lishi mumkin. Do’mbira tishli yoki fraktsion uzatgichlar yordamida xarakatga keltiriladi. Agar friktsion uzatgich bo’lsa do’mbira aylanadigan qildirakcha ( rolik) larga o’rnatilgan bo’ladi. Do’mbirali elaydigan dastgoxlar daqiqasiga 10 dan 25 martagacha aylanadi. 3-ma’ruza. Yordamchi moddalarning turi. Yordamchi moddalarga qo‘yilgan talablar va ularni dori shakllarini ishlab chiqarishdagi ahamiyati. Granulatsiyalash jarayonining ahamiyati va texnologik bosqichlari. Donadorlash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar. Presslash jarayonining nazariy asoslari. Reja: Yordamchi modda tanlashni ilmiy asosi. Yordamchi moddalarga qo’yiladigan asosiy talablar. Yordamchi moddalar tasnifi Tabletka ishlab chiqarishni nazariy asoslari. Kolloid nazariya. Kapillyarlik nazariya. Qotishma hosil qilish Zarrachalarni o’zaro ichiga kirib borish nazariyasi. Hozirgi vaqtda 150 dan ortiq yordamchi moddalar bo’lib, shulardan faqat 70 tasi davlat ro’yxatiga kiritilgan. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda, jumladan AQSh 186 ta firma 1040 ta nomli yordamchi moddalar ishlab chiqaradi. G’arbiy Yevropada va Shimoliy Amerikada 475 ta firma 2500 nomli yordamchi modda ishlab chiqaradi. Tibbiyot sanoatida aksariyat yordamchi moddalar shu maqsad uchun ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun ularni kimyo, oziq-ovqat, tog’ jinslari sanoatiga ishlab chiqarilgandan keyin foydalaniladi. Ular DST ga javob beradi, lekin tarmoq standartiga javob bermaydi. Tibbiyot sanoatida ishlatiladigan yordamchi moddalarning umumiy miqdori juda kam foizni tashkil etadi. Masalan, tibbiyot sanoatining qand, kraxmal, jelatinaga bo’ladigan ehtiyojni mamlakat bo’yicha ishlatiladigan miqdorining 0,03-0,6% tashkil qiladi. Shuning uchun ham bularni tibbiyot sanoati ishlab chiqarmasdan boshqa tarmoqlardan ishlab chiqarganni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Lekin bu yordamchi moddalarning oziq-ovqat sanoatida foydalanilmaydiganlari bilan almashtirishni yoki ularni kam miqdorda ishlatish yo’llarni izlash lozim. XI DF yordamchi moddalarning miqdori keltirilmagan, ularning miqdori alohida moddalarda ko’rsatilgan bo’ladi. Yordamchi moddalar dori moddalarning fizik-kimyoviy xususiyatiga, miqdoriga va tayyorlanish usulaga qarab ishlatiladi. Yordamchi moddalarni tasniflash. Dori shakli o’z tarkibida bir yoki bir nechta dori moddalari va yordamchi moddalarni saqlaydi. Yordamchi moddalarga qo’yilgan umumiy talablar:
tibbiyot amaliyotida qo’llashga ruxsat etilgan bo’lishi; dori moddasini farmakologik ta’sirini uning farmakokinetikasini ta’minlagan holda saqlab qola olishi va yuzaga chiqishiga to’sqinlik qilmasligi; dori moddasining fizik-kimyoviy, texnologik, farmakologik xossalariga va biosamaradorligiga ta’sir ko’rsatmasligi; kerakli miqdorda ishlatilgan yordamchi moddalar biologik jihatdan bezarar bo’lishi, organizmning bioto’qimalariga zarar yetkazmasligi, shuningdek allergik va toksik ta’sirlarni yuzaga chiqarmasligi; ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar va apparat yoki qurilmalarga yoxud ularning ayrim ishchi qismlariga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi; dori moddalariga dori shakllari talab qiladigan hossalarni bera olishi (tuzilish-mexanik, fizik-kimyoviy, imkoni bo’lsa biosamardorlik va boshq.); dori moddasining rangi, hidi va mazasiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi; dori vositalarini saqlash davomida dori moddalari bilan kimyoviy, fizik-kimyoviy jihatdan mos kelishi, qadoqlovchi materiallar, asbob-uskunalar va qurimalarning ishchi qismlariga zarar yetkazmasligi; turg’un va saqlanish muddati uzoq bo’lishi; mahalliy, iqtisodiy jihatdan arzon bo’lishi va oson topilishi bo’lishi kerak. Shu bilan birga yordamchi moddalarga quyidagi xususiy talablar ham qo’yiladi erituvchilar rangsiz, tiniq, yuqori erituvchanlik xossaga ega bo’lishi; ajratuvchilar dorivor o’simlik xom ashyolari tarkibidan biologik faol moddalarni ajratmaga maksimal darajada ajartib chiqarishi, kerakli darajada qo’zg’aluvchan bo’lishi; bog’lovchi moddalar zarrachalarni o’zaro bir-birlari bilan yuqori darajada bog’lash xususiyatiga ega bo’lishi; antifriksion moddalar massaga yuqori sochiluvchanlik yoki oquvchanlik xossasini bera olishi; surtma asosi turiga yetarli qovushqoqlik, plastiklik va psevdoplastiklik kabi reologik xossalarni bera olishi; shamcha dori turi asosi birinchi navbatda xona haroratida qattiq tana haroratida eriydigan bo’lishi; Aks holda dori moddalarining samaradorligiga putur yetishi, shuningdek dori vositalarini zaharli ta’sir ko’rsatishiga ham sababchi bo’lishi mumkin. Download 390.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling