Sirpantiruvchi agentlar – kapsulalarni yopishib qolishdan saqlaydi. Bularga D-mannit, D-sorbit (ТSh 64-5-17-80), ksilit kiradi.
Aromatizatorlar – kapsulalarga hushbo’y hid berish maqsadida, ba’zi hollarda jelatinali asosga efir moylari, essensiya, etil-vanilin 0,1% kabi aromatizatorlar qo’shilishi mumkin. Тa’mini yaxshilash maqsadida esa shakar qiyomi, saxaroza, glyukoza va b. yordamchi moddalar ishlatiladi.
Kapsula massasini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar
Bir yoki bir nechta biologik faol ta’sirga ega bo’lgan moddani yordamchi moddalar bilan yoki yordamchi moddalarsiz kukun, granula, pellet, mikrodraje, suyuq yoki gazsimon yadroli mikrokapsula, pasta, tabletkalar, jelatin kapsulalar yoki ularning turli xil kombinatsiyalari bilan kapsulaga joylash uchun, to’ldiriluvchining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda turli xil, tibbiyotda qo’llashga ruxsat etilgan yordamchi moddalardan foydalanish mumkin. Foydalaniladigan yordamchi moddalarni indifferent bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Odatda kerakli og’irlikga yetkazish uchun qattiq kapsulalarda to’ldiruvchilar, yumshoq kapsulalarda erituvchilardan foydalaniladi. Qattiq kapsulalar uchun bu maqsadda sut qandi, MKS, kalsiy digidrofosfat va boshqa moddalar ishlatiladi. Bular kerakli miqdorda og’irlik hosil bo’lishi va kapsulalanadigan massaning texnologik ko’rsatkichlarini me’yorlashga yordam beradi.
Yumshoq jelatina kapsulalariga indifferent to’ldiruvchi sifatida o’simlik moylari, polietilenoksid aralashmalari kamdan-kam hollarda silikon moylari va murakkab tarkiblilariga esa yuqoridagilardan tashqari glitserin, propiletilenglikol, tvin-80 va boshqa yordamchi moddalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |