Farmatsevtik eritmalarni sanoat miqyoida ishlab chiqarish
Dispers tizimlar – eritmalar, kolloid eritmalar va dag‘al dispers tizimlarga bo‘linadi. Dag‘al dispers tizimlarda dispers faza zarrachalarining o‘lchami 100 nm yoki 100 mkm dan katta bo‘ladi. Dispers faza va dispers muhitning agregat holatiga qarab, dag‘al dispers tizimlar (xuddi kolloid eritmalarga o‘xshab) bir necha xil bo‘ladi.
Suspenziya va emulsiyalar kolloid eritmalardan quyidagi xossalari bilan farq qiladi:
Suspenziya bilan emulsiya optikaviy jihatdan bir jinsli emas, ular yorug‘lik nurini tarqatib yuboradi. Ular hamma vaqt loyqa va polidipers holda bo‘ladi. Ular sedimentatsion jihatdan barqaror emas.
Suspenziya bilan emulsiya 2 va 3 qavatga bo‘linishi va ularning tarkibiy qismlari o‘zaro bir-biridan ajralishi mumkin. Dispers tizimlarning bu xossalaridan foydalanib, sanoatda bir modda boshqa moddadan ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |