O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazrligi


Mavzu: Ofis dasturlari va ularning yangi imkonyatlari Reja


Download 0.91 Mb.
bet10/17
Sana23.01.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1113116
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
1 Tema

Mavzu: Ofis dasturlari va ularning yangi imkonyatlari Reja:

  1. Ofis dasturlar paketi va uning tarkibi.

  2. Matn, jadval prosessorlari va ulaning imkoniyatlari.

  3. Taqdimot yaratish va uning dastriy ta’minoti.

Tayanch iboralar: illustrasiya, CD-R, microsoft office, outlook express, ms power point, ms access, ms publisher.
Ofis dasturlar paketi va uning tarkibi. Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta’minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash, illustrasiya, video ma'lumotlarni qayta ishlash, audio malumotlarni qayta ishlash, aloqa o’rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar misol bo'la oladi.

Amaliy dasturlardan keng tarqalganlaridan biri Microsoft Office paketidir. Microsoft Office paketi Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqariladi va yer yuzining barcha davlatlarida aynan shu paketdan foydalanib kelinmoqda. Microsoft Office dasturlar paketi o’z ichiga bir necha amaliy dasturlarni mujassamlashtirgan. Bu dasturlarga Microsoft Word matn muxariri, Microsoft Excel elektron jadvali, Microsoft Power Point taqdimotchisi, Microsoft Access ma'lumotlar ombori, Microsoft FrontPage Web sahifalarni tayyorlovchisi va Outlook Express elektron pochta orqali ma'lumotlarni uzatish va qabul qilish maqsadida ishlatiladigan dasturlar kiradi. Yuqorida aytib o'tilgan barcha dastular yoki hech bo’lmaganda bittasi o’rnatilishi kerak bo’lsa u holda Microsoft Office paketi instalizasiya qilinadi. Instalizasiya jarayoni odatda Windows operasion sistemasi o’rnatilgandan keyingina amalga oshiriladi. Sababi o’rnatilishi kerak bo’lgan paket Windows muhitiga moslashtirilgan. Office dasturlarining mavjudligi foydalanuvchini to’liq qondira oladi.
Microsoft Office paketini o’rnatishdan oldin, biz o’rnatayotgan kompyuterning xotira zaxirasining mavjudligi, paket tarkibidagi dasturlaming zarurligini va qaysi komponentlarning talab etilishini bilishimiz shart. Instalizasion dastur odatda ancha katta hajmga ega bo’lganligi tufayli arxivlangan holatda kompakt disklarda (CD-R) va mantiqiy disklarda (vinchesterlarda) yozilgan bo’ladi.
Office paketining turli versiyalari mavjud. Ularga misol qilib Office 95, OSR, OSR2, malakali foydglanuvchilar uchun Office 97 pro, yuqori interfeysga ega Office 2000, Office XP, Office 2007, Office 2010, Office 2019 va hokazolar. Yana shuni ta'kidlash joizki, har bir versiya ishlanmasining to keyingi versiya chiqqunicha ularning yangi ishlanmalari tavsiya etib borilgan va Office ning yangi imkoniyatiari qo'shimcha qilib borilgan. Office ning versiyasi o'zgarishi bilan uning tarkibidagi dasturlaming versiyalari o'zgarib boradi. Har bir versiyaning o'zgarishi, uning imkoniyatining kengaytirilishi, qulay interfeysi va foydalanuvchiga taqdim etilgan qulayliklari bilan farq qiladi. Undan tashqari paket versiyasining o'zgarishi bilan uning hajmi ham kattalashadi, aniqrog'i Office tarkibidagi dasturlaming imkoniyatlari oshgan sari hajmi ham oshadi. Office tarkibidagi dasturlar uning komponentlarini tashkil etadi. Ko’pgina vaqtlarda o'xshash Office paketlari o'xshash kompyuterlarda o’rnatilgandan. Office dasturi turli hajmlarni egallaydi. Bunga sabab komponentlarning o'rnatilganligidadir, ya'ni har bir komponent o'zining hajmiga ega. Demak, paketning qaysi komponentlari yoki dasturlari o’rnatilganligidadir.
Office-2019 dasturlar paketiga quyidagi dasturlar kiradi:

  • MS WORD- har xil ko’rinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga muljallangan matn muxxarri.

  • MS EXCEL- har ko’rinishdagi hisob-kitobli ma‘lumotlar bilan ishlashga muljallangan elektron jadvalli dastur.

  • MS POWERPOINT- ma‘lumotlarni taqdimot, reklama qilishga muljallangan taqdimot dasturi.

  • MS ACCESS- ma‘lumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga muljallangan dastur.

  • MS PUBLISHER- xar xil tipdagi noshirlik ishlarini bajarishga muljallangan muxarrir dastur.

  • MS OUTLOOK- elekton pachtadan foydalanishga muljallangan dastur va xakazo.

Elektron hujjatlarni boshqarish tizimi bu elektron hujjatlarni yaratish, saqlash, manipulyatsiya qilish va jo’natish jarayonlarini samarali tashkil etishga imkon beruvchi qurilmalar va dasturlar to’plamidir.
Oddiy matnli hujjatlarni yaratish turli xil yozuv mashinkalarida tayyorlab keyin qog’ozli hujjatdan skaner yordamida kompyuterga kiritish bilan bajarilishi mumkin. Lekin, xattoki, oddiy hujjatlarni ham kompyuterda, qulay va yuqori samarali servisni ta’minlovchi dastur vositalar xazinasidan keng foydalanib bevosita yaratish samaraliroqdir. Buning ustiga, bu servis keyinchalik ko’paytirish uchun mo’ljallangan murakkab, yuqori badiiy saviyali hujjatlarni yaratishda muhimdir. Matn, jadval prosessorlari va ulaning imkoniyatlari. Microsoft office dasturida matnlar bilan ishlash uchun Microsoft Word matn muxarriridan foydalaniladi bu dasturda rasm, jadval, web-saxifalar yaratish mumkin. Bundan tashqari Microsoft Word dasturidan chiqmagan holda Microsoft Excel dasturi bilan ishlash imkoniyati mavjud. Microsoft Excel dasturida boshqa dasturlarda qilinmaydigan ishlar-funksiyalar bilan ishlash, turli arifmetik va statistik funksiyalarni bajarish mumkin. Microsoft Excel dasturida ma’lumotlarni qiymat yoki grafik ko’rinishida olish mumkin. Ma’lumot yoki natijani grafik ko’rinishda olish diagramma deyiladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling