O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Harakatli o‘yinlarni bolalarni yoshiga mos holda o‘tkazish
Download 3.34 Mb. Pdf ko'rish
|
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR
Harakatli o‘yinlarni bolalarni yoshiga mos holda o‘tkazish
3 yoshli bolalarning harakatlari ma’lum darajada cheklangan bo‘lib, ularning diqqati doimo chalg‘ib turadi. Shuning uchun boalarga oddiy va ular oson tushunadigan o‘yinlarni o‘rgatish kerak. Bunday o‘yinlarda qush va xayvonlar yoki ularning rasmlari o‘yinchoqlar, ertaklardan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini beradi. Bu o‘yinlar albatta mazmunli va ibratli bo‘lishi shart. Shu yoshdagi bolalarni o‘yiniga o‘rgatishda mashqlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunday o‘yinlarda mazmun bo‘lmaydi, ularga oddiy topshiriqlar masalan bayroqqni olib kelish, qo‘g‘irchoqni jiringlatish, koptokka еtib olish kabi topshiriqlar. Xarakatlar esa (yurish, yugurish va boshqalar) bolalarga tanish hamda qiyinchilikdan bajarmaydigan bo‘lishi lozim. Mazmuni bolalarga tanish bo‘lgan va xarakatlarga singdirib yuborilgan o‘yinlarni kichkintoylar juda qiziqib o‘ynaydilar. Bu esa kichkintoylarning harakat qobiliyatini rivojlantirish, ularni ochiq joyda to‘g‘ri yurishga o‘rgatishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Faollik va mustaqillika tarbiyalash yordam beradi. 4 yoshli bolalar bilim doirasini kengaytirish va harakatida tajribalar ortish bilan harakatli o‘yinlarning mazmuni ham o‘zgarib beradi. Qush va hayvonlar harakatiga, transport turlariga turli narsalarga taqlid qilib bajarilgan harakatlar o‘yinlarning asosiy mazmunini tashkil etadi. O‘yinlarda bolalarga buyumlarni topish, shaklini (kub, doira, kvadrat shaklini) eslab qolish bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ranglarni ajratish, tovushlarni farqlash kabi topshiriqlar berishni boshlash 12 bilan ularning murakkab o‘yinlarni o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoqini oshirishga erishish mumkin. Bu yoshda harakatlarni rivojlantirish uchun qo‘yiladigan o‘yin shartlari bilan bolalarning idrok etishda farq bo‘ladi. Asta-sekin bolaning vazifani bajarishga munosabati o‘zgaradi. Masalan 3 yoshga qadam qo‘ygan bolalar o‘yinda ko‘rishga mas’uliyat sezmagan bolalar (masalan, bo‘ri bitta quyonni tutadi, uni tutib olgandan keyin u bilan birga yugurib o‘ynab ketadi, boshqa quyonlarga esa e’tibor bermaydi), endi bolalar o‘zlariga yuklatilgan vazifani tushunadigan bo‘ladilar (endi bo‘ri quyonni tutib olgandan keyin uni to‘xtadi, o‘yiga olib kelib, shundan keyin boshqa quyonlarni tuta boshlaydi). O‘yinda ko‘pincha tarbiyachi boshlovchilik qiladi. O‘qishdagi harakatlarining mazmunli bolalrga tushunarli va qiziqarli bo‘lishi juda muhim. Bu ularning faoliyatini, faolligini o‘yinga nisbatan ishtiyoqini oshiradi, harakatlarga his-hayajon va jo‘shqinlik bag‘ishlaydi. To‘rt yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda harakatlarni ancha murakkablashtirish (kubiklar o‘yinga chiqish, ustida cho‘qqayib o‘tirish, undan tushish, stul tagida emaklab yurish va hokazo) hamda har harakatlarni bir biriga qo‘shish kerak bo‘ladi (koptokni uzoqqa irg‘itib orqasidn quvib еtib olib kelish, chivvinni tutish uchun irg‘ishlab sakrash va hokazolar). Bunday murakkab harakatli o‘yinlarda ishtirok etgan bolalar bir-birilaridan o‘zib ketishga harakat qiladilar. Bu xildagi o‘yinlar hamisha ham birgalikda o‘ynaydigan o‘yinlar hisoblanadi. Bu o‘yin mashqlardan, ayniqsa ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bunda ko‘pchilik bo‘lib ashula aytib o‘tkaziladigan o‘yinlar va qofiyali so‘zlar jo‘rligida o‘ynaladigan o‘yinlar keng qo‘llaniladi. Bunday o‘yinlar orqali bolalarni hamjihatlikka va harakatlarni birgalashib bajarishga o‘rgatib borish mumkin. 5 yoshli bolalarning harakatli o‘yinlari mazmunlarning barining, tevarak atrofida, hayotda uchraydigan voqealar to‘g‘risida ularning tasavvuri va bilimi oshib borishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bolalarning o‘yin vaqtida faol harakat qilishi ko‘p jihatdan, ularning malaka va ko‘nikmasiga, tevarak-atrofni yaxshi bilishga, harakatlarni sabot, chaqqonlik, ndroq va hamkorlikda bajarishga bog‘liq bo‘ladi. Aksariyat o‘yinlarda bitta boshlovchi bo‘ladi, lekin ba’zan bu vazifani o‘yinchilarning 2-3 tasi bajarishi ham mumkin. O‘rta guruh uchun mo‘ljallangan harakatli o‘yinlarni ba’zilarni mazmuniga va bajariladigan vazifa ta’sviriga ega bo‘lmaydii. Bunday o‘yinlarga musobaqa tushni kiritish ham mumkin. 13 Ko‘pincha qofiyali so‘zlar o‘yin mazmunini ochib beradi va uni to‘ldiradi. Harakat uchun ishora xizmatini o‘tadi. So‘zlar ko‘pchilik bo‘lib aytilsa, yana ham yaxshi bo‘ladi. 6 yoshli bolalar bilim doirasi kengayib boradi. Binobarin, harakatli o‘yinlarning mazmuni ham shunga monand murakkablashadi. O‘yin qoidalari ham murakkablashib borishi tufayli ularni bajarishda aniqlik, diqqat e’tibor, sabr toqatga o‘rganish, ortiqcha harakatlarni cheklash (aniq bir yo‘nalishda yugurish, o‘z vaqtida o‘yindan chetga chiqish va hokazo) talab etiladi. O‘yin qoidasi intizomning tarkib topishga yordam beradi. Ma’lumki, harakatli o‘yinlarda ishtirok etish uchun bolalarni guruhlarga bo‘lishi kerak bo‘ladi, bunda ko‘pincha o‘g‘il bolalar o‘g‘il boalalr bilan, qizlar faqat qizlar bilan guruhlashishga intiladi. Bu o‘yinning borishiga va natijasiga ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiyachi kuchliroq bolalarni nimjonroq bolalar bilan, o‘g‘il bolalarni qizlar bilan guruh-guruh qilishi maqsadga muvofiqdir. Bunda o‘g‘il va qiz bolalarning odob-ahloqli bo‘lishi yaxshi tarbiya topshishi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari o‘g‘il bolalar qizlardan qolishmaslik uchun ancha tashabbuskor bo‘ladilar ham qizlarni hurmat qilishga o‘rganadilar. Download 3.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling