O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
Ariqdan sakrab o‘tish 
Polga yoki (erga) taxta tashlab qo‘yiladi (eni 25-30 sm., uzunligi 2-2,5 
metr). Bu ariqchaning ko‘prigi bo‘ladi. Ariqchaning narigi qirg‘og‘ida lola 
qizg‘aldoqlar, bo‘tako‘zlar, boychechaklar va boshqa rang-barang gullar ochilib 
yotadi (gilam ustiga yoki toza еrga har-xil rangdagi lahtak qiyiqlari tashlab 
qo‘yiladi). Bolalar ariqning narigi qirg‘og‘iga o‘tadilar va gul teradilar (cho‘kkalab 
o‘tiradilar, engashadilar, gul terish harakatlarini bajaradilar), keyin uyga qaytib 
keladilar. O‘yin uch-to‘rt marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi bolalarning faqat ko‘prikdan o‘tishlarini 
kuzatib “Ariqdan suv tez oqadi, chuqur, ehtiyot bo‘lib o‘tinglar, oyoqlaringizni 
ho‘l qilmanglar”, - deb turadi. Bolalar ko‘prikdan o‘tish vaqtida juda ehtiyot bilan 
harakat qiladilar. Ikki parallel chizilgan chiziq yoki ikki ipcha ustidan taxtani 
ko‘prik sifatida qo‘yiladi. Bolalar shu taxta ustidan ehtiyot bo‘lib o‘tish 
harakatlarini o‘zlashtirib olishlari kerak. 
Qushchalar inlarida 
Ochiq havoda (xonada) maydonchaning bir tomonida bolalar uncha baland 
bo‘lmagan (15-20 sm.) predmetlar (taxta, kubik, brusok, stulcha, yashchik...) 
ustida o‘tiradilar. Tarbiyachining: “Tashqarida quyosh chiqib hamma joyni 
yoritmoqda, qani hamma chumchuqlar o‘z uylaringdan chiqinglar don, non, qurt 
va chuvalchanglarni, еmish narsalarni qidiringlar”, - deydi. Bolalar o‘z “inlaridan” 


22 
sakrab tushadilar (uchadilar, yugurib qanot qoqadilar – ikki qo‘llarini ikki tomonga 
qilib silkitadilar), o‘tirishadi, donlarni cho‘qishadi, qurtlarni barmoqlari bilan 
kovlab olishadi va hokazolar. Tarbiyachining: “Yomg‘ir yog‘di!. Hammaning uyga 
uchinglar”, - deyishi bilanoq hamma chumchuqlar inlariga yashirinadilar. O‘yin 
to‘rt-besh marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. O‘yinni o‘tkazishdan oldin, o‘yinda qatnashuvchi 
bolalar uchun еtarli darajada kubiklar, brusoklar, yashchiklar. Stulchalar 
tayyorlanadi. Ularni xonaning yoki maydonchaning bir tomoniga oralarini keng 
qilib, bolalar o‘ynaganda bir-biriga halaqit bermaydigan darajadagi masofada 
joylashtiriladi. Tarbiyachi qanday sakrash kerakligini ko‘rsatadi, qaytib bola joyiga 
chiqib o‘tirishga yordamlashadi. O‘yinni takrorlashda tarbiyachi bir so‘z bilan 
“Quyosh” va “Yomg‘ir” deb signal beradi. Bolalar belgilangan signalga qarab 
to‘g‘ri harakat qilishni bilishlari kerak.
Chivinni tut 
Bolalar uzatilgan qo‘lgacha keladigan masofada davra qurib turadilar. 
Tarbiyachi doiraning o‘rtasida turadi. Uning qo‘lida (uzunligi 1-1,5 m.) hivich 
bo‘lib, uning uchida qog‘ozdan yasalgan chivin ip bilan bog‘lab qo‘yilgan bo‘ladi. 
Tarbiyachi ipni bolalarning boshlaridan sal yuqoriroqda aylantiradi. Chivin 
ustlaridan o‘tayotganda, bolalar uni ikki qo‘llab tutmoqchi bo‘lib sakraydilar. 
Chivinni tutgach bola: “Men chivinni tutdim”, - deydi. O‘yin yana davom etadi.
KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi o‘yin vaqtida bolalar sakrab-sakrab doirani 
toraytirib qo‘ymasliklarini kuzatib boradi va zarur bo‘lganda tanbeh berib turadi. 
Tarbiyachi chivinni aylantirar ekan, uni dam tushirib, dam ko‘tarib aylantiradi. 
Bolalar harakat qilganlarida bir-birlarini itarmasliklari zarur.

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling