17
to‘planadilar va qo‘llarida qanday rangda bayroqcha bo‘lsa, o‘sha rangdagi
bayroqcha tomoniga o‘tib qator turadilar. Hamma bolalar yig‘ilib bo‘lgach,
tarbiyachi bayroqchani yuqoriga ko‘tarib hilpillatishni taklif qiladi. O‘yin to‘rt –
besh marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi ishora qilmasdan avval maydon bo‘ylab
yugurib ketish mumkin emas. Tarbiyachi bolalarning dam o‘ng,
dam chap
tomonga yig‘ilishlari uchun bayroqchalarni u qo‘lidan bu qo‘liga olib almashtirib
turadi. O‘yinga qo‘shimcha signal va topshiriqlar kiritish mumkin. Masalan,
“To‘xta!” signal bo‘yicha barcha o‘ynovchilar to‘xtashlari va ko‘zlarini
yumushlari yoki
turgan joylarida aylanishlari, yohud raqsga tushishlari mumkin.
Mana shu vaqtda tarbiyachi bildirmasdan joyini almashtirib,
boshqa joyda turib
oladi. Bolalar signal bo‘yicha yana tarbiyachi tomonga qarab yuguradilar.
Bayroqchalar o‘rniga bolalarning qo‘liga tegishli rangdagi ro‘molcha yoki
bayroqcha, kubik berib qo‘yish mumkin, yo bo‘lmasa ularning qo‘llariga rangli
lentachalar bog‘lab qo‘yishlari mumkin.
O‘z rangingni top
Tarbiyachi bolalarga uch – to‘rt xil rangdagi: qizil, ko‘k, sariq, oq,
bayroqchalar tarqatadi. Bayroqchalari bir xil bo‘lgan
bolalar xonaning turli
burchaklarida oldindan tarbiyachi tomonidan belgilab qo‘yilgan o‘z bayroqchalari
tagida to‘planadilar. Tarbiyachining: “O‘ynab kelinglar” – degan signali bo‘yicha
bolalar hona (maydoncha)ning turli tomonlariga qarab tarqalib ketadilar.
Tarbiyachi: “O‘z rangingni top”, - deyishi bilan bolalar tegishli rangdagi bayroq
yonida to‘planadilar. Tarbiyachi qaysi guruh oldinroq to‘plaganini ta’kidlab o‘tadi.
Shundan keyin o‘yin yana besh-olti marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. O‘yin
bir necha marta takrorlanib, bolalar uni yaxshi
o‘zlashtirib olganlaridan keyin tarbiyachi sayr vaqtida bolalarga to‘xtashni va
ko‘zlarini yumishni taklif qilishi mumkin. O‘zi esa bu
vaqtda xona burchaklarida
turgan bayroqchalarni almashtirib qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: