O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Kurk tovuq va jo‘jalar 
O‘yinda qatnashayotgan bolalar jo‘jalarni, tarbiyachi esa tovuqni 
ifodalaydilar. Kurk tovuq va jo‘jalar o‘z uylarida bo‘lishadi. Ustun yoki stullar 
orasida 35-40 sm, balandlikda arqoncha tortilgan bo‘lib, jo‘jalarning uyi 
hisoblanadi. Bir chekkada (uyning to‘rida, maydonchaning eng chetki tomonida) 
katta qush yashaydi. Kurk tovuq arqonchaning tagidan engashib o‘tadi va 
bolalarga don qidirib ketadi. Don topgach bolalarini “qu-qu-qu” deb chaqiradi. 
Uning ovozini eshitib jo‘jalar ham arqon tagidan o‘rmalab o‘tishadi. Tovuqning 
yoniga “chi-chi-chi” deb yugurishadi. Hammalari birga o‘ynashadilar, 
engashadilar, cho‘qqayib o‘tirishadi, sakrab-sakrab qanot qoqadilar va don 
cho‘qiydilar. Tarbiyachining: “Katta qush uchib kelyapti”, - degan so‘zlarini 
eshitib, hamma jo‘jalar tezlik bilan qochib ketadilar va uylariga yashirinadilar. 
O‘yin uch-to‘rt marta takrorlanadi. 
KO‘RSATMALAR. Jo‘jalar katta qushdan qo‘rqib uylariga qochib 
kelayotganlarida tarbiyachi bolalarning arqonchaga urilib ketmasliklari uchun 
ularni kutib turadi. Keyinchalik, bolalar tovuq va katta qush rolini o‘zlari 
bajarishlari mumkin.
O‘YIN MAQSADI. Bolalarning diqqatini, kuzatuvchanligini o‘stirish. 
Chiziqni bosma 
Tarbiyachi polga (maydonchada bo‘lsa, еrga) ikki parallel (2-3 m) to‘g‘ri 
chiziq chizadi. Ularning orasi 40-50 sm bo‘lishi kerak. O‘yinga qatnashuvchilar 
ikki chiziq orasidan, chiziqqa tegmasdan ketma-ket to‘rt oyoqlab, emaklab 
kelishadi. Chiziqning oxirigacha borishadi va gavdasini tik tutib qo‘lini ko‘taradi, 
keyin o‘z joyiga borib o‘tiradi. O‘yinda polga qo‘yilgan taxtalardan ham 
foydalanish mumkin. Guruhdagi hamma bolalar chiziq orasidan o‘tib bo‘lgach, 
o‘yin 2-3 marta takrorlanadi.
O‘YIN 
MAQSADI: 
chiziqqa 
bosmaslikka, 
chaqqon 
emaklash 
ko‘nikmalarini o‘stirish. 


26 
Qorovul 
O‘yinga qatnashuvchilar uxlaganga o‘xshab gilamga cho‘zilib yotishadi. 
Qorovul qo‘liga cho‘p olib, uxlab yotgan bolalar orasida yuradi. Qo‘lidagi cho‘p 
bilan uxlagan bolalarni turtib: “Mening ketimdan tizilinglar”, - deydi. Tayoqcha 
tekkan bolalar qator bo‘lib tizilishgach, qorovul to‘satdan: “Qorong‘i tushdi” – deb 
qichqiradi. Hamma o‘ynovchilar darrov yotib olishadi. Qorovul kuzatib turadi. 
O‘YIN QOIDASI: Berilgan buyruq chaqqonlik va tezlik bilan so‘zsiz 
bajarilishi shart. Hammadan keyin yotgan bola qorovul rolini bajaradi.
O‘YIN MAQSADI: Tezlik bilan safga tizilish va o‘z joylarini topaolishga 
o‘rgatish.

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling