29
KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi bug‘ining shaklini karton qog‘ozdan yasashi
mumkin, yoki bug‘i o‘yinchog‘idan foydalanish kerak. Kaftga to‘g‘ri
keladigan
to‘p olinadi. To‘pni otish vaqtida, bola qo‘lini pastdan (doira shaklida) еlkadan sal
ko‘targan holatda irg‘itadi. To‘pni irg‘itganda belgilangan chiziqdan chiqmasligi
kerak. Tarbiyachi bolalarning o‘yin qoidasiga rioya qilishlarini kuzatib turadi.
Tevarak atrofni bilish o‘yinlari
Toping-chi nima qichqirayapti
Bolalar doira markaziga orqa o‘girib davra qurib turadilar. Tarbiyachi doira
ichida bo‘ladi. U o‘yinga boshchi tayinlaydi. Boshchi ham doiraning o‘rtasiga turib
oladi va qandaydir birorta uy hayvonlariga yoki
qush ovoziga taqlid qilib
qichqiradi. Shundan keyin hamma bolalar doira ichiga qarab o‘griladilar.
Tarbiyachi kimni taklif qilsa, o‘sha bola hozir nima qichqirganligini topadi.
So‘ngra yangi boshlovchi tayinlanadi. O‘yin 5-6 marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Agar bola bu ovoz qanday hayvon yoki qushga tegishli
ekanligini topaolmasa, tarbiyachi unga yordamlashadi.
O‘YIN MAQSADI. Diqqat qilib tinglab turishni tarbiyalaydi.
Eshitish
organi bilan ovozlarni (tovushlarni) to‘g‘ri idrok qila bilishni (sezgi organlarini)
o‘stiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: