O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Keglini urib yiqitish
4
 
O‘yinchilar (guruhdagi bolalarning yarmi) chiziq orqasida bir qator (safga) 
bo‘lib saflanadilar. Shu chiziqdan 3-5 metr narida bolalar soniga teng keglilar tizib 
qo‘yilgan bo‘ladi. Har bir o‘yinchida ikkitadan o‘rtacha kattalikdagi koptok (to‘p) 
bo‘ladi. To‘pni poldan dumalatib, keglini yiqitish kerak. Birinchi dumalatilgan to‘p 
bilan keglini urib yiqita olmagan, ikkinchi marta to‘pni yumalatadi. So‘ngra signal 
bo‘yicha yugurib borib, keglilarni turg‘azib qo‘yadilar, to‘plarni yig‘ib, dastlabki 
holatga qaytadilar. O‘yin davom etadi. Har bir o‘yinchi nechta keglini yiqitganini 
tarbiyachi sanab boradi.
KO‘RSATMALAR. Koptokni oyoq bilan tepib dumalatish mumkin emas. 
Keglini bola qo‘li bilan engashgan holda irg‘itishi mumkin. Har bir bolaning 
keglini urib yiqitishi uchun 2-3 tadan kegli qo‘yilishi bilan o‘yinni o‘zgartirib 
murakkablashtirish mumkin.
To‘pni ilib ol 
Bolalar davra qurib turadilar. Tarbiyachi o‘rtada turib oladi. Uning qo‘lida 
(18-20 sm. diametrli) to‘p bo‘ladi. Tarbiyachi: “Anvar (Sevara, Xolida,...), to‘pni 
ilib ol!” – deydi. U bolaga to‘pni otadi. Bola to‘pni ilib, yana tarbiyachiga otadi.
KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi bolalar to‘pni ikki qo‘llab past tomondan 
otishlarini aytadi. Ilib olayotganlarida qo‘llarini sal oldinga uzatib, to‘pni 
ko‘kraklariga bosmay, barmoqlari bilan olishlarini kuzatib turadi. 
Doiraga tushir 
Bolalar davra qurib turadilar. O‘rtaga katta chambarak qo‘yiladi yoki doira 
arqonchadan yoki polga chizib yasalgan diametri 1-1,5 metr bo‘lgan doira 
chiziladi. Doiradan 2-3 qadam masofada bolalar qo‘lida ichiga qum to‘ldirilgan 
haltachalar bo‘ladi. Tarbiyachining “Tashla!” deyishi bilan barcha bolalar 
xaltachalarini doiraga tashlaydilar. So‘ngra tarbiyachi: “Haltachalarni ko‘tarib olib 
kelinglar!” – deydi. O‘yin uch-to‘rt marta takrorlanadi.
4
Пластмассадан ёки ёғочдан ясалган фигуралар. 


28 
KO‘RSATMALAR. O‘yinni bolalarni komandaga bo‘lib, musobaqa 
formasida ham o‘tkazish mumkin. Haltachalarni uzoqqa otgan va tezda olib kelgan 
komanda yutgan hisoblanadi. Haltachalarni ikki martadan tashlash mumkin. 
Buyumni saqla 
O‘yinchilar aylana hosil qilib turadilar. Aylana o‘rtasida tarbiyachi turadi. 
Har bir bolaning oyog‘i ostida polda kubik yoki shaqildoq qo‘yiladi. Tarbiyachi 
o‘yinchilardan birining yoniga kelib kubikni olishga harakat qiladi. O‘yinchi 
o‘tirib, kubikni qo‘llari bilan yashiradi. Tarbiyachi ketgach, bola turadi. Tarbiyachi 
kubikni ololmasa, boshqa bolaning kubigini ko‘zlab, uning yoniga birdan borib 
qoladi va kubikni olishga harakat qiladi. Bola darrov o‘tirib, kubikni qo‘li bilan 
yashiradi. 
KO‘RSATMALAR. Tarbiyachi kubiklarni faqat olayotganday harakat 
qiladi, lekin olmaydi. Bu harakatni bir-ikki marta takrorlagandan keyin, u kubikni 
olishi mumkin. Bir-ikki bolaning kubigini olgach, tarbiyachi uni bolalarga yana 
qaytarib beradi va tezroq yashirishlarini aytadi. O‘yin 4-5 marta takrorlanadi.

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling