24
Maymunchalar
Tarbiyachi bolalarga bittadan yoki ikkitadan bo‘lib gimnastika devorchasiga
yaqinlashib, yuzlarini unga o‘girib turish va undan uch-to‘rt pog‘ona ko‘tarilishni
taklif
qiladi.
Bu
bolalar
maymunchalar
bo‘ladilar.
Boshqa
bolalar
maymunchalarning daraxtdan qanday qilib meva terishayotganliklarini o‘tirib yoki
tik turib tomosha qiladilar. So‘ngra daraxtga boshqa maymunchalar chiqishadi.
O‘yin hamma bolalar maymuncha bo‘lib daraxtga chiqib bo‘lganlarigacha davom
etadi.
KO‘RSATMALAR. Bolalar narvonchadan qo‘rqmasdan chiqib tushishni
o‘rganganlaridan keyin topshiriq murakkablashib boradi. Ya’ni
gimnastika
devorchasining bir tomonidan ikkinchi tomonga (bir shohdan ikkinchi shohga, bir
daraxtdan ikkinchi daraxtga) o‘tish taklif qilinadi. O‘yinning mazmunini
o‘zgartirish mumkin. “Kim ko‘p yong‘oq teradi”, “Ovchilar”, “Chumchuqlarni
tutamiz” va hokazolar. Tarbiyachi o‘z navbatida ziyraklik bilan bolalar o‘yinini
kuzatib boradi, harakatlarini tekshirib ehtiyot bo‘lishlarini aytib turadi.
O‘YIN MAQSADI. Bolalarda o‘rmalab chiqish malakasini o‘stirish va
ularni qo‘rqmaslikka, chaqqonlikka o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: