16
O‘YIN MAZMUNI. Bolalar tarbiyachi bilan birga bir tomonga borishadi.
Kutilmagan vaqtda tarbiyachi: “Qani
hozir biz kim juda sekin, oyoq uchida yura
olishini bilib olamiz”, - deydi. (Qanday yurish kerakligini ko‘rsatib beradi).
Bolalar iloji boricha oyoq uchlarida shovqin chiqarmasdan
yurishga harakat
qiladilar. Ular belgilangan tomonga qarab yuradilar. Tarbiyachi bilintirmasdan
chetga chiqib: “Endi hammangiz menga qarab chopinglar”, - deydi.
Bolalar
tarbiyachiga qarab chopadilar va uni o‘rab oladilar. Tarbiyachi ularni quchoqlab
gaplashadi va bir vaqtda sezdirmasdan sekin yurib boradi. Mashqni to‘g‘ri
bajargan bolalarni maqtaydi, qolganlarini huddi shunday bajarishga undaydi. O‘yin
uch-to‘rt marta takrorlanadi.
METODIK KO‘RSATMALAR. Ba’zi bolalar oyoq uchida yurganda boshini
tabiiy ravishda, ikki еlkasi orasiga engashtiradi. Shu holatda sekin yurish mumkin
deb o‘ylashadi. Tarbiyachi albatta bunday holatni kuzatib, bolalarning bu xatosini
tuzatib borishga harakat qilishi lozim.
Mushuk va sichqonlar
Bolalar – sichqonlar inlarida (xona devori bo‘ylab yoki maydonchaning yon
tomonlarida qator qilib qo‘yilgan skameyka yoki stullarda) o‘tiradilar. Maydoncha
burchaklaridan birida mushuk o‘tiradi. Mushuk vazifasini tarbiyachi bajaradi.
Mushuk uxlab qoladi, sichqonlar esa xona bo‘ylab yugurib yurishadi. Biroq, mana
birdan mushuk uyg‘onadi, qaddini rostlab keriladi, miyovlaydi va sichqonlarni tuta
boshlaydi. Sichqonlar tez yugurib qochadilar va o‘z inlariga
kirib yashirinadilar
(stullardan o‘z joylarini egallaydilar). Hamma sichqonlar in-iniga kirib ketgandan
so‘ng mushuk yana bir marta xonada maydoncha) bo‘ylab aylanadi. Keyin joyiga
qaytib keladi va uhlaydi. O‘yin to‘rt-besh marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Sichqonlar mushuk ko‘zini
yumib uyquga ketgandan
keyingina o‘z inlaridan chiqishlari va mushuk miyovlaganidan keyin inlariga
qaytishlari mumkin. Tarbiyachi barcha sichqonlar inlaridan
chiqishini kuzatib
turadi. O‘yinda o‘yinchoq – mushukdan ham foydalanilsa bo‘ladi. Kubiklardan
inlar yasash mumkin. Bu holda bolalar kubiklar ustiga chiqib o‘tiradilar.
Turli
rang-barang kubiklardan foydalaniladi. Bolalar o‘z inlarining ranglarini eslab
qolishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: