O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati va mazmuni


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Harakatli o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati va mazmuni 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning faoliyati rang-barang bo‘lib, 
ular mustaqil harakatli o‘yinlarni o‘ynashni yoqtiradilar.
O‘yin – maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatidir. 
Rossiyalik pedagogi A.S.Makarenko aytganidek, o‘yin bola uchun bilish 
manba’idir. O‘yin jarayonida bolalar egallay bilishlari qiyin bo‘lgan bilim va 
ko‘nikmalarni 
osongina 
o‘zlashtirib oladilar, narsalarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini bilib oladilar. Ular tevarak-atrofdagi ko‘rgan narsalarini o‘yinda 
ifodalash orqali turli harakatlarni bajaradilar, ya’ni yuradilar, yuguradilar, 
sakraydilar, o‘rmalaydilar, biron buyumni irg‘itadilar. Natijada ularning qaddi-
qomati, muskullari va sezgi organlari rivojlanadi, organizmining hayot faoliyati 
yanada yaxshilanadi. O‘yinda bolaning irodasi, o‘z harakatlarini o‘yin qoidasiga 
bo‘ysundira-olish ko‘nikmasi o‘sadi, u o‘zini qo‘pol hatti-harakatlar qilishdan 
tiyadi, zarur bo‘lganda chaqqon harakat qilishga o‘rganadi, oqibatda unda jismoniy 
sifatlar tarkib topadi.
Harakatli o‘yinlar, ayniqsa, musobaqa xarakteridagi o‘yinlar bolalardagi 
kuch-quvvat, chaqqonlik, epchillik, tezkorlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantiradi 
va takomillashtiradi.
“O‘yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining 
asosiy vositasi bo‘lishi kerak”, - degan edi Ye.A.Arkin. 


14 
O‘yinlar bolalarda o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatlari bilan 
moslashtira olish qobiliyatini rivojlantirishga, shaxsiy manfaatini jamoa 
manfaatlariga bo‘ysundira olishga yordam beradi, sabr-toqatni, o‘zini tuta bilishni, 
zveno, komanda muvaffaqiyati uchun mas’uliyat seza bilish hissini tarbiyalaydi. 
Harakatli o‘yinlar qoidalarini bajarishning majburiy ekanligi bolalarni intizomli 
qiladi, ularda tashkilotchilikni tarbiyalaydi. Umuman, bolalar jamoa holda o‘ynar 
ekanlar, ular bu jarayonda jamoada o‘zini qanday tutish qoidalarini o‘rganadilar, 
uyushqoqlik bilan o‘yin o‘ynash ko‘nikmalarini hosil qiladilar. O‘z zimmalariga 
tushgan rollarni bajarishda katta mas’uliyatini his etishga odatlanadilar.
Ko‘pchilik harakatli o‘yinlar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, turli 
hayvonlarni, qushlarni taqlid qilish va odamlarning haqiqiy harakatlarini takrorlash 
bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bolalar o‘yin yordamida o‘zlari uchun zarur bo‘lgan foydali harakatlarni 
egallab oladilar va uni tinmay mashq qiladilar. Harakatli o‘yinlar qoidalarini 
bajarishning majburiy ekanligi bolalarni intizomli qiladi, ularda tashkilotchilikni 
tarbiyalaydi. 
Bola o‘ziga zavq uyg‘otadigan yorqin, ohangdor narsalar bilan o‘ynashga 
intiladi. Bola sezgi organlari orqali idrok etgan tevarak-atrofdagi narsa va tabiat 
hodisalarining izlari uning xotirasida tasavvur tarzida saqlanib qoladi. Tarbiyachi 
maktabgacha ta`lim tashkilot bolalari bilan o‘yin tashkil qilganda, albatta ularning 
yosh xususiyatlarini hisobga olish va “Dastur”
1
talabiga javob beradigan 
o‘yinlardan foydalanishi zarur. Masalan, kichik guruxda, bolalarning oddiy 
harakatlarini – yurish, chopish, sakrash, irg‘itish va ilib olish malakalarini 
tarbiyalash qo‘yilgan. 
O‘yin jarayonida 3-4 yoshli bolalar ko‘rsatilgan tomon yurish, yugurishga 
belgilangan joydan chiqib ketmaslikka o‘rganib boradilar va boshqa kerakli 
harakatlarni o‘zlashtiradilar. “Dastur” asosida 4-5 yoshli bolalar uchun belgilangan 
harakatli o‘yinlar mazmuni va o‘tkazish metodikasi berilgan. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling