Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligi Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport Universiteti Farg’ona filiali


Ong va xotira. Ijtimoiy va individual ong


Download 27.32 Kb.
bet2/7
Sana24.12.2022
Hajmi27.32 Kb.
#1054720
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ahmadaliyev rustamjon falsafa

1. Ong va xotira. Ijtimoiy va individual ong
Ong tarixi insonning inson bo’lib shakllana boshlashi tarixi bilan bog’likdir. Uzoq vaqt davomida inson, uning ongi planetar, ya’ni Yer shari doirasidagi xodisa sifatida karab kelindi. Xozirgi zamon fani masalaga kengroq doirada yondashish zarurligini ko’rsatmokda. CHunki fan dalillari inson paydo bo’lishini faqat Yerda kechgan jarayonlar bilan cheklab qo’yish to’g’ri emasligini, u koinot evolyusiyasining tabiiy xosilasi ekanligini tobora chuqurrok isbotlamoqda. Inson biologik va ijtimoiy xarakatning tashuvchisi ekan, xarakat shakllari O’rtasidagi uzviy alokadorlikni, uning yukori shakllari quyi shakllariga bog’likligini, tayanishini, ulardan o’sib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha aytganda, ular o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Ong tarixi Quyosh sistemasi va unda millionlab yillar davomida sodir bo’lgan o’zgarishlardan xam ayricha olib qaralishi mumkin emas. Aynan mana shu jixatdan olganda, ongning shakllanishini kosmik xodisa sifatida karash xam mumkin. Ong in’ikosning oliy shaklidir. Xo’sh, in’ikos deganda nima tushuniladi. In’ikos muayyan ta’sir natijasida paydo bo’ladi. Buning uchun esa, xech bo’lmaganda, ikkita ob’ekt bo’lishi va ular o’rtasida o’zaro ta’sir bo’lishi lozim. Eng umumiy ma’noda, xar qanday predmetlarning u bilan ta’sirlashuvda bo’lgan boshqa predmetlarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bog’lik xossasiga inikos deyiladi. SHu ma’noda in’ikos xamma joyda mavjud. Ayni paytda xar bir xolatda u o’ziga xos xususiyatga egadir. CHunonchi, notirik tabiatdagi in’ikos bilan tirik tabiatdagi in’ikos bir-biridan tubdan farq kiladi. Notirik tabiatda in’ikos oddiyligi bilan ajralib tursa, tirik tabiatda u murakkab xarakter kasb etadi, o’z navbatida, uning o’ziga xos, yuqori shakli bo’lgan ongning paydo bo’lishiga imkoniyat yaratdi. Inson miyasi nozik, murakkab tuzilishga ega bo’lgan tizimdir. Aynan uning murakkabligi ong paydo b’lishi mumkinligining asosiy shartidir. Bunday xolat xam uzoq davom etgan evolyusiyaning tabiiy xosilasidir. Ammo yuksak darajada tashkil topgan miyaning o’zi xam xali ong paydo bo’lishi uchun etarli emasligini unutmaslik lozim. Bu miya normal funksional faoliyat ko’rsatishi zarur. Va nixoyat, normal funksional faoliyat ko’rsatuvchi miya soxibi ijtimoiy munosabatlarga tortilgan bo’lishi shart.
Ong psixik in’ikosning o’ziga xos, yuksak shaklidir. Ammo, bu psixika va ong tushunchalarini aynanlashtirish uchun asos bo’la olmaydi. Negaki, psixika xayvonlarga xam xosdir. Gap inson psixikasi haqida ketganda xam, u ong tushunchasiga nisbatan keng qamrovlilik kasb etishini unutmaslik lozim. Z. Freyd fikricha, psixika ongsizlik, ong osti xodisalarini va ongning o’zidan iborat 3 qatlamdan tashkil topgan. Inson xayoti va faoliyatida ong bilan bir qatorda ongsizlik va ong osti xodisalari xam muhim ahamiyatga ega. Ong o’zaro aloqada bo’lgan turli unsur (element) lardan tashkil topgan murakkab ma’naviy tuzilishga ega. Ong in’ikosning o’ziga xos shakli ekan, avvalo, unda aks ettiriladigan ob’ekt xaqidagi muayyan bilimlar xissiy va ratsional shaklda o’z ifodasini topadi. Demak, bilim ong tuzilishining asosiy unsuridir. SHuning uchun xam bilimlarning boyib, chukurlashib borishi ong rivojlanishini xarakterlaydigan muxim belgi sifatida yuzaga chiqadi. Bilimlarimizning chukurligi va ko’lamliligi, xissiyotlarimizning namoyon bo’lishi yoki bo’lmasligi intilishimiz irodamizga bog’liq. Iroda kuchi olamni anglash jarayonida yuzaga keladigan xar kanday to’siqlarni engib o’tishga, ko’zlangan maksad yo’lida tinmay xarakat kilishga yo’l ochadi. Iroda tabiatning in’omi emas ekan, uni tarbiyalash, kamol toptirish shaxs hayotida, uning jamiyatdagi o’z o’rnini topishida muxim axamiyatga ega. Zero, irodasizlik eng Ulug’ niyat va maqsadlarni barbod qilibgina kolmay, insonning to’g’ri yo’ldan toyib ketishiga va turli salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga olib kelishi xam mumkin. XX asrda qo’llanish doirasi tobora kengayib borayotgan elektron xisoblash mashinalarining “beysik”, “fortan” kabi tillari yaratildi. Kompyuterlarning ijtimoiy xayotdagi roli tez o’sib borayotgan xozirgi davrda bu tillar axborotlarning uzatilishi xamda qabul qilinishida katta axamiyat kasb etmoqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini ko’rsatmoqda. Ong va til munosabati xaqida gap ketar ekan, til o’ziga xos tarixiy xotira rolinio’tashini xam unutmaslik kerak. Bu milliy tillar misolida ayniksa, yaqqol ko’rinadi. Zero, millat tilida uning o’zligi, bosib o’tgan tarixiy yo’li, tafakkur tarzi aks etadi, mustaxkamlanadi. “Ona tili, - deb yozadi Prezidentimiz, - bu millatning ruxidir. O’z tilini yo’qotgan xar qanday millat o’zligidan judo bo’lishi muqarrar . SHunday ekan, mustaqillik sharoitida milliy tilimiz rivojiga aloxida e’tibor berilayotganligi milliy o’zligimizni anglashimizning o’tish jarayonida milliy istiqbolimizni belgilashning uzviy kismi sifatida qaralmog’i lozim. O’z-o’zini anglash, uning shakllari. Inson ob’ektiv vokelikni aks ettirish bilan bir qatorda o’zi xakida fikr yuritish, ruxida kechayotgan jarayonlarni taxlil qilish, xatti-xarakatlarini nazariy taxlil kilishdek qobiliyatga xam ega. O’zini o’zgalardan ajrata bilish, o’ziga munosabat, imkoniyatlarini baxolash o’z-o’zini anglash sifatida namoyon bo’ladi. O’z-o’zini anglashda o’zini bilish, baxolash va tartibga solishdek unsurlarni ajratish mumkin. Bu unsurlar o’z-o’zini anglashning soxibiga subektiga ko’ra farqlanuvchi muayyan shaxs, ijtimoiy gurux, millat, jamiyatga xosdir. SHaxsning o’z-o’zini anglashi xaqida gap ketar ekan, u o’zini aloxida organizm, oila, ijtimoiy gurux, millat, madaniyatga mansubligini va yuqoridagi xususiyatlaridan qat’i nazar alohida va betakror “Men” sifatida anglashdek boskichlarni bosib o’tishini ta’kidlash zarur. Insonning kamol topish jarayoni, o’z-o’zini anglashning rivojlanishi o’ziga xos xarakter kasb etadi. Masalan, dastlabki davrda bolada avvalo, boshkalar tomonidan berilgan tasavvur va baxolar ustunlik kiladi. Bolaning tafakkuri o’sishi bilan, u olamni mustaqil anglay boshlaydi va o’zining imkoniyatlarini o’zi baxolashga o’rganib boradi. Aynan mana shu davrda to’gri yo’lga qo’yilgan tarbiya muxim axamiyatga ega bo’ladi. CHunki, aynan mana shu tarbiya ta’sirida bolada o’z imkoniyatlarini to’g’ri baxolash xam yoki unga ortiqcha baxo berib yuborish xolati xam shakllanib kolishi mumkin. SHaxsning o’z-o’zini anglash jarayonida u mansub bo’lgan madaniyatning o’rni nixoyatda katta. Zero, aynan madaniyat xalq, millat to’plagan tajriba, bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan xolda shaxs dunyoqarashi shakllanishiga faol ta’sir o’tkazadi. SHuning uchun xam shaxs madaniyati, xulq-u odobi, ongi, o’z-o’zini anglashining darajasini belgilovchi indikator sifatida namoyon bo’ladi. SHaxsning o’z-o’zini anglash jarayoniga turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy omillar xam kuchli darajada ta’sir ko’rsatadi. 

Download 27.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling