O’zbekiston respublikаsi tа’lim, fаn vа innovаtsiyаlаr vаzirligi


Download 191.03 Kb.
bet5/20
Sana21.06.2023
Hajmi191.03 Kb.
#1640517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
HUSENOVA NIGINA G\'AFFUROVNA

Tadqiqot mаvzusining dolzаrbligi: Mаzkur tаdqiqot ishi zаmonаviy tilshunoslikning eng dolzаrb muаmmolаridаn biri hisoblanadi, yа’ni tilshunoslikda frazeologizmlar tadqiq etilgan bo’sada, ularning millat madaniyatini ifodalovchi xususiyatlarini talil qilish bilаn bog‘liq. Zamonaviy tilshunoslikning taraqqiyoti sababli, frazeologizmlarning tildagi ahamiyati, ularni o’rganishga bo’lgan ehtiyoj sabab kengroq muhokаmа qilinmoqdа.3 Tillar o’rtasidagi milliy-madaniy lisoniy belgilarning o’ziga xos jihatlarini o’zaro qiyosiy tahlil qilish orqali biz turli yangi ma‘umotlarni olishimiz mumkin, bu ham hozirgi zamonaviy global hayotdagi eng muhim dolzarb masalalrdan biri hisoblanadi.
Mаvzuning o’rgаnilgаnlik dаrаjаsi: Mаvzuning o‘rgаnilgаnlik dаrаjаsi shundаn iborаtki, bir qаtor olimlаr vа tilshunoslаr ko’plаb tаdqiqotlаrdа mаzkur mаvzuni tаdqiq qilishgаn. Ingliz, o’zbek va tojik tili frazeologiyasiga oid аsosiy muаmmolаri hаr tomonlаmа vа izchil ko'rib chiqilgаn. Frazeologiyaning alohida lingvistik bo’lim bo’lib shakllanishida, shuningdek, o‘zbek frazeologiyasining dunyoga kelishida V.V. Vinogradovning xizmatlari beqiyosdir. O’zbek tilshunosligida frazeologiyaning rivojlanishida Sh. Rahmatullayev, Y.Pinxasov, M. Husainov, I. Qo’chqortoyev, B. Yo’ldoshev kabi zabardast olimlar ulkan xizmat qildilar. Shuningdek, o‘zbek frazeologiyasining izchil ilmiy asosda tadqiq qilinishi Sh. Rahmatullayev nomi bn bog’liqdir.
Ingliz tilshunosligida frazeologiya sohasida bir qator tadqiqotchilar L.P.Smit, V.P.Jukov, V.N. Teliya, N.M. Shanskiy kabilar frazeologiyaga uning barqaror birikmalarini, boshqalari N.N. Amosova, A.M. Babkin, A.I. Smirnitskiy va boshqalar - faqat ma'lum guruhlarni o'z ichiga oladi. Demak, ayrim tilshunos olimlar jumladan, akademik V.V.Vinogradov maqol, matal va qo‘shma so‘zlarni frazeologik birliklar turkumiga kiritmay, ular frazeologik birliklardan semantikasi va sintaktik tuzilishiga ko‘ra farqlanadi, deb hisoblaydilar.
Tojik tili frazeologiyasida ham, ko’plab ilmiy tadqiqotlar V.V.Vinogradovning ilmiy asoslariga asoslanadi. Birinchi bo’lib, G'afforov o‘zining оlib borgan tadqiqot ishlarida tojik frazeologik birliklarining semantik tasnifi va ularning erkin sintaktik qurilmalardan farqini ko‘rsatdi, hamda frazeologik birliklarning semantik klasifikatsiyasini amalga oshirgan.

Download 191.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling