O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining


VI. Shartnomalarni tuzish va monitoring o‘tkazish tartibi


Download 219.06 Kb.
bet8/9
Sana21.06.2023
Hajmi219.06 Kb.
#1645536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Қарздорликни қоплаш ҳисобига олинган мулкларни сотиш тартиби тўғрисида

VI. Shartnomalarni tuzish va monitoring o‘tkazish tartibi
6.1. Bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilayotgan ob’yektlar xaridorga bo‘nak to‘lovi to‘langanidan so‘ng qonunchilikka muvofiq qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga asosan kadastr hujjatlari bilan birga beriladi. Bunda mol-mulk xaridorga “foydalanish” va “egalik qilish” (“tasarruf etish” huquqisiz) huquqi bilan kadastr hujjatini keyinchalik xaridorning nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish orqali tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq topshiriladi.
6.2. Ob’yektning oldi-sotdi shartnomasi Buyurtmachi va auksion g‘olibi o‘rtasida Auksin savdolari bayonnomasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab o‘n ish kunidan kechikmagan holda tuziladi.
6.3. Bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgam mulk xaridorga berilgan vaqtidan boshlab to‘liq to‘languniga qadar Bank oldidagi o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida qonunchilikka muvofiq garovda turgan deb hisoblanadi (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 421-, 422- va 748-moddalari).
Bunda Davlat garov reyestriga tegishli ma’lumotning to‘liq va o‘z vaqtida kiritilishi uchun Kredit qarzdorliklarini undirish departamenti mas’ul hisoblanadi.
6.4. Asosiy bo‘lmagan aktivlar “E-auksion” savdo platformasida sotilganidan so‘ng mas’ul Departament/Boshqarma/Kredit qarzdorligini undirish bo‘limi 3 (uch) ish kunida Bankning tegishli buxgalteriya hisobi bo‘linmasiga tasdiqlovchi hujjatlarni (shartnoma nusxasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va boshq.) taqdim etadi.
Shu bilan birga, har oy yakunlari bo‘yicha Bankning mol-mulki, shu jumladan, bo‘lib-bo‘lib sotilgan mol-mulki tahlil qilinib, ular bo‘yicha tegishli zaxiralar shakllantiriladi.
6.5. Mol-mulkni bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda filialning mas’ul bo‘linmasi (Kredit qarzdorliklarini undirish Boshqarmasi/bo‘limi) har chorakda kamida 1 (bir) marta mulkning butligi va joriy holati monitoringini amalga oshirib, uning natijalarini tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Filial kredit qarzdorligini undirish Boshqarmasi/bo‘limi boshlig‘i tomonidan imzolanadi.
6.6. Agar xaridor shartnomada belgilangan muddatda bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan ob’yekt uchun navbatdagi to‘lovni amalga oshirmagan taqdirida Bank unga qabul qilgan majburiyatlarini bajarishi zarurligi to‘g‘risidagi e’tiroz xatini yo‘llaydi va sudga tegishli da’vo arizasini tayyorlaydi.
6.7. Agar xaridor bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan ob’yekt uchun 60 kundan ortiq muddatda to‘lovni oshirmagan taqdirida Bank shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishga va oldi-sotdi shartnomasida aks ettirilishi lozim bo‘lgan garov predmetini undirish uchun belgilangan tartibda mol-mulkni undirish bo‘yicha murojaat qilshga haqlidir.
6.8. Oldi-sotdi shartnomasini bekor qilinganda xaridor tomonidan avval to‘langan pul mablag‘lari qaytarilmaydi va ob’yekt ushbu Nizomning 3 va 4-bo‘limlarida nazarda turilgan tartibda sotilishi lozim.
6.9. Bank tomonidan qarzdorlarning majburiyatlari bo‘yicha undiriladigan mol-mulkni sotish yuzasidan bank operatsiyalarining hisobini yuritish Bankning Hisob siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 219.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling