O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining


 O‘tkazilgan kimoshdi savdosining natijalari va hisob-kitoblarning tartibi Tashkilotchining “


Download 219.06 Kb.
bet7/9
Sana21.06.2023
Hajmi219.06 Kb.
#1645536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Қарздорликни қоплаш ҳисобига олинган мулкларни сотиш тартиби тўғрисида

4.2. O‘tkazilgan kimoshdi savdosining natijalari va hisob-kitoblarning tartibi Tashkilotchining E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn-auksionlarni o‘tkazish faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, Bank va auksion savdosi g‘olibi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
4.3. Bank tomonidan qarzdorlarning majburiyatlari bo‘yicha undirilgan mol-mulkni to‘liq bo‘lmagan to‘lov shartlari (voz kechish orqali va/yoki zararni qoplash bo‘yicha jinoiy ish yoki O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslar doirasida) asosida sotish ushbu Bo‘limga muvofiq amalga oshiriladi.


V. Uchinchi bosqich. Avvalgi bosqichlarda
sotilmagan mol-mulkni sotish shartlari
5.1. Agar ob’yekt ushbu Nizomning 4.1-bo‘limiga ko‘ra, “E-auksion” maydochasidagi kimoshdi savdo yakunlari bo‘yicha sotilmagan bo‘lsa, u holda Toshkent shahar Bosh boshqarmasi, Mirobod filiali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar filiallari Kredit qo‘mitasi va Aktiv va passivlarni boshqarish Ishchi guruhi qiymati 1 (bir) mln. AQSh dollaridan (QQS bilan) oshadigan ob’yektlar uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi shartlar bilan qiymatni belgilaydi:
- ob’yektni foizsiz bo‘lib to‘lash shartlari bilan sotish;
- to‘lov muddatini 2 yildan 7 yilgacha bo‘lgan belgilash;
- dastlabki badalni ob’yekt boshlang‘ich qiymatining 10% idan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash.
Bunda, yuqorida qayd etilgan shartlarning bitta yoki barchasini belgilash masalasi Bankning kollegial organlari tomonidan bir marta ushbu Nizomda nazarda tutilgan vakolatlari doirasida ko‘rib chiqiladi.
5.2. Bank balansiga qabul qilingan ob’yektlarni sotishning boshlang‘ich shartlarini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi shartlarni tasdiqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • qiymati 3 (uch) mln. AQSh dollarigacha bo‘lgan ob’yektlarning narxlari bo‘yicha Toshkent shahar Bosh boshqarmasi, Mirobod filiali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar filiallari Kredit qo‘mitasi va Aktiv va passivlarni boshqarish Ishchi guruhi amalga oshiradi;

  • qiymati 3 (uch) mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan va Bank kapitali 1 (birinchi) darajasining 10% dan oshmagan ob’yektlarni bo‘yicha Bank Kredit qo‘mitasi va Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasi ko‘rib chiqadi.

  • qiymati Bank kapitali 1 (birinchi) darajasining 10% ni tashkil etuvchi Bank sof aktivlarining 15 % gacha miqdoridagi ob’yektlar bo‘yicha qaror qabul qilingan sanaga ko‘ra Bank Kredit qo‘mitasi va Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasining taqdimnomasiga ko‘ra Bank Boshqaruviko‘rib chiqadi;

  • qiymati O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq yirik bitimlarning qiymatiga mos keluvchi ob’yektlar bo‘yicha Bank Boshqaruvining taqdimnomasiga ko‘ra Kuzatuv kengashi/Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqadi.

Ob’yektning boshlang‘ich qiymati ushbu Nizomning 2.4-bandiga ko‘ra balansga qabul qilingan mol-mulk qiymati miqdoriga O‘zbekiston Respublikasining Soliq qonunchiligiga muvofiq qo‘shimcha qiymat solig‘i miqdorini qo‘shgan holda belgilanadi.
5.3. Ob’yektlarni ushbu bo‘limga muvofiq o‘zgartirilgan shartlar bo‘yicha sotish “Elektron onlayn-auksionlar to‘g‘risidagi Nizom”ning 3-bobida nazarda tutilgan “E-auksion” savdo platformasidagi elektron tanlov savdosini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Download 219.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling