O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining


Download 219.06 Kb.
bet3/9
Sana21.06.2023
Hajmi219.06 Kb.
#1645536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Қарздорликни қоплаш ҳисобига олинган мулкларни сотиш тартиби тўғрисида

Ob’yektning baholash qiymati – Baholash to‘g‘risidagi hisobotda yoki davlat ijrochisining mulkni baholash haqidagi qarorida, sud qarorida yoxud Bank kollegial organlarining garovga olingan mol-mulkni balansga qabul qilish to‘g‘risidagi qarorlarida qayd etilgan yoxud garov shartnomasidan kelib chiqadigan qiymat;
G‘olib – ob’yekt uchun eng yuqori narxni taklif etgan savdo ishtirokchisi;
Ob’yektning boshlang‘ich qiymati (narxi) – sotuvga qo‘yilgan ob’yektning o‘zida qo‘shimcha qiymat solig‘ini qamrab olgan va ushbu Nizomga muvofiq belgilanadigan boshlang‘ich narxi;
Kimoshdi savdolari – Bankning mol-mulkini sotish bo‘yicha “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladigan kimoshdi savdosi.
Yuqorida qayd etilgan atamalar va ta’riflar faqat ushbu Nizomda qo‘llaniladi.
1.4. Ushbu Nizom Bankning vakolatli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan Bankning balansiga qabul qilingan garovdagi yoki boshqa mol-mulkni kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni qoplash uchun sotish tartibini belgilaydi.
1.5. Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
- Bankning qonunchilikda belgilangan tartibda fond bozorida amalga oshiradigan aksiyalar ko‘rinishidagi mol-mulki;
- Bankning ichki me’yoriy hujjatlarida belgilangan, hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, jismoniy va ma’naviy eskirgan asosiy vositalar;
- Bankning ichki me’yoriy hujjatlari bilan belgilanadigan Bankning idoraviy turar-joy fondi.
1.6. Bankning asosiy bo‘lmagan aktivlari (qarzdorlikni qoplash uchun balansga qabul qilingan mol-mulk) istisno tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (topshiriqlari) asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar (ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartiblarni tatbiq etmagan holda) yoki boshqa tartibda amalga oshirilishi mumkin.
1.7. Mol-mulkni sotish bo‘yicha savdoni olib borish uchun Bank Tashkilotchi bilan tegishli yordamni ko‘rsatish ushun shartnoma tuzadi va ob’yektlarni sotish shartlari, xususan, boshlang‘ich qiymatini taqdim etadi. “E-auksion” savdo platformasida kimoshdi savdosiga tayyorgarlik ko‘rish va olib borish agar Bank va Tashkilotchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Tashkilotchi tomonidan uning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi. Agar qonunchilik yoki Bank va Tashkilotchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Tashkilotchini kimoshdi savdosini o‘tkazganligi uchun rag‘batlantirish Bank harajatlaridan amalga oshiriladi.
1.8. Kredit qarzdorliklarini undirish departamenti Bankning asosiy bo‘lmagan aktivlarini (qarzdorlikni qoplash uchun balansga qabul qilingan mol-mulk) sotish bo‘yicha barcha tartiblarni o‘tkazishga, jumladan, reklama va marketing faoliyatini muvofiqlashtirish va amalga oshirish, reyestrni yuritish va Buyurtmachi sifatida kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun Bankning vakolatli tarkibiy bo‘linmalariga mas’ul hisoblanadi.



Download 219.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling