O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining


 Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar (atamalar, ta’riflar) qo‘llanilgan: А


Download 219.06 Kb.
bet2/9
Sana21.06.2023
Hajmi219.06 Kb.
#1645536
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Қарздорликни қоплаш ҳисобига олинган мулкларни сотиш тартиби тўғрисида

1.3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar (atamalar, ta’riflar) qo‘llanilgan:
Аuksion (kimoshdi savdosi) – ob’yektning oldi-sotdi shartnomasini tuzish huquqini uning uchun eng yuqori narxni taklif etgan ishtirokchisi qo‘lga kiritadigan, xaridorning tanlovi asosidagi savdolashish shakli.
Ob’yektning balans qiymati – Bankning buxgalteriya balansida aks ettirilgan qiymati;
Bank – “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, shu jumladan, uning filiallari;
Qarzdor – majburiyatlarga ko‘ra, garovga qo‘yilgan mol-mulk qarzdorlikni to‘lash maqsadida Bank balansiga qabul qilingan, lekin mol-mulk uning Bank oldidagi majburiyatini to‘liq qoplanmaydigan shaxs.
E-auksion–O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron onlayn kimoshdi savdosini tashkillashtirish va o‘tkazish savdo maydonchasi;
Buyurtmachi – auksion yoki tanlov ob’yektini sotish bo‘yicha savdo maydonchasida auksion yoki tanlovni tashkil etish va o‘tkazishi yuzasidan murojaat qilgan yuridik shaxs;
Asosiy bo‘lmagan aktivlar/Qarzdorlikni qoplash uchun Bank balansiga qabul qilingan mol-mulk – Bank tomonidan qarzdorlarning majburiyatlari bo‘yicha ijroni amalga oshirish tartibi, bankrotlik (tugatish) doirasida, zararni qoplash bo‘yicha jinoiy ishlar doirasida, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan voz kechish talab etiladigan yoki boshqa asoslarda undirilgan (Bankka kelib tushgan) ko‘char va ko‘chmas mulk;
Оb’yekt – ushbu Nizomga muvofiq “E-auksion” savdo maydonchasida to‘liq va to‘liq to‘lov qiymatini talab qilmaydigan shartlarda qo‘yiladigan asosiy bo‘lmagan aktiv (qarzdorlikni qoplash uchun balansga qabul qilingan mol-mulk);
Tashkilotchi qonunchilikka muvofiq “E-auksion” savdo maydonchasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron onlayn-auksionlar va tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazishni amalga oshirishga vakolatli “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
Alohida shart – ob’yekt auksion g‘olibiga Qarzdorning Bank oldidagi qarzning qolgan qismini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini yuklash orqali amalga oshiriladigan shart;

Download 219.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling