O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


-bob. Lokomotiv va vagon xo’jaliklari, suv ta’minoti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

 
4-bob. Lokomotiv va vagon xo’jaliklari, suv ta’minoti 
va oqava xo’jaligi inshootlari va qurilmalari. 
Tiklash vositalari 
 
50. Lokomotiv depolari, lokomotivlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari, 
ustaxonalar, anjomlash (ekipirovka) qurilmalari hamda lokomotiv xo’jaligining boshqa inshoot 
va qurilmalarining joylashuvi va texnikaviy jihozlanishi poezdlar harakatining belgilangan 
miqdorini, lokomotivlardan samarali foydalanishni, sifatli ta’mir va texnikaviy xizmat ko’rsatish, 
moddiy resurslardan oqilona foydalanish va mehnatning xavfsiz sharoitlarini ta’minlashi lozim. 
51. Vagon depolari va uchastkalari, vagonlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish punktlari, 
yuvish-bug’lash stansiyalari hamda vagon xo’jaligining boshqa inshoot va qurilmalarining 
joylashuvi va texnikaviy jihozlanishi poezdlar harakatining belgilangan miqdorini, sifatli ta’mir 
va texnikaviy xizmat ko’rsatishni, moddiy resurslardan oqilona foydalanish va mehnatning 
xavfsiz sharoitlarini ta’minlashi lozim. 
Ta’mirlash-anjomlash depolari va yo’lovchi texnikaviy stansiyalari yo’lovchi vagonlarni 
reysga sifatli tayyorlash uchun zarur texnologik jihozlanishi lozim. 


14 
52. Suv ta’minoti va suvni qayta ishlash qurilmalari lokomotivlar, poezdlar, stansiyalar 
va temir yo’l transporti korxonalarini sifatli suv bilan zarur miqdorda uzluksiz ta’minlashi hamda 
boshqa xo’jalik, yong’inni o’chirish va ichimlik suvga bo’lgan talablarni qondirishi lozim. 
Oqava qurilmalari sanitariya talablariga muvofiq ravishda temir yo’l korxonalari va turar 
joylari oqava suvlarining tozalanishini ta’minlashi lozim. 
53. DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilangan punktlarda quyidagilar doimiy tayyor 
holatda turishi shart: 
harakat tarkibining izdan chiqishi va to’qnashuvi oqibatlarini bartaraf etish hamda 
ularning normal harakatini tiklash uchun tiklash poezdlari, elektr ta’minoti qurilmalarini va 
yo’lni tiklash uchun avtomatrisalar, drezinalar va avtomobillar, aloqani ta’mirlash-tiklash 
letuchkalarining vagonlari va avtomobillari, avariya-dala guruhlari
yong’inlarni oldini olish hamda o’chirish uchun o’t o’chirish poezdlari hamda o’t 
o’chirish guruhlari. 
Tiklash ishlarini olib borishga mo’ljallangan tiklash va o’t o’chirish poezlari, 
avtomatrisalar va drezinalarning doimiy to’xtash yo’llarini harakat tarkibi bilan egallash 
taqiqlanadi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling