80
34. Poezdlarning tezyurar harakati amalga oshiriladigan uchastkalarda yo’l xo’jaligi
xodimlari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK si yo’l xo’jaligi
boshqarmasi tomonidan
belgilangan tartibda yo’lning tekshirishlari va ko’riklarini o’tkazadilar.
35. Yo’lovchi poezdlari tezliklari 140 km|soat dan ortiq o’rnatilgan stansiyalarda asosiy
yo’llar va ularda yotuvchi strelkali o’tkazgichlar komission ko’riklari
oyiga ikki marta
o’tkazilishi kerak.
36. Yo’lni joriy saqlashda R65 rusumidagi rels kallagi yemirilishi va ularning g’ildirash
sathidagi notekisliklar me'yorlari 2-jadvalda keltirilgan miqdorlardan, strelkali o’tkazgich metall
qismlarining yemirilishlari me'yorlari esa - mazkur paragraf 3-jadvalida keltirilgan miqdorlardan
oshmasligi kerak.
3-jadval
t/r
Strelkali o’tkazgich qismlari
Eng katta yo’l qo’yilishi
mumkin bo’lgan emirilish, mm
vertikal
yonlama
1
Ramali relslar
5.0
5.0
2
Ostryaklar
5.0
5.0
3
O’zak (40 mm li kesimda)
5.0
-
4
Usovik
5.0
-
37. Yo’lning rejadagi va profildagi holatini nazorat qilish va ularni loyiha parametrlariga
keltirish uchun tezyurar liniyada rejaviy tartibda reperlar tizimi joriy qilinishi kerak.
38. Poezdlarning tezyurar harakati amalga oshiriladigan uchastkalarda yo’l o’lchagich
vagonlar bilan tekshirilganda rels eni parametrlari bo’yicha eng so’nggi ruxsat etilgan o’lchamlar
mazkur bob 2-paragrafi 1-jadvaliga muvofiq belgilanadi.
39. Ko’rsatilgan o’lchamlardan oshib ketadigan nosozliklar aniqlanganda, harakat tezligi
"O’zbekiston temir yo’llari" DATK si belgilagan normativlarga muvofiq chegaralanishi kerak.
40. Yo’l,
kontakt tizimi, SSB va aloqa qurilmalari ishonchli ishlashini ta'minlash uchun
poezdlar harakati grafiklarida nazarda tutilgan texnologik "okno" lar
har kuni taqdim etilishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: