diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid
qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa sotib olingan foizlardan tashqari) bilan
nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bo‘lgan
bahoda sotib olishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi summasi hamda sotilgan, qayta
tasniflangan, berilgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan qimmatli
qog‘ozlarning diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha
alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10893 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha
mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid
qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan
nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan bahoda sotib olishdagi
mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida premiya amortizatsiyasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan,
berilgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning mukofot
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha
alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10895 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |