14505 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli
kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq
asosiy shartlari o‘zgartirilgan boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan,
mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14501 — “Boshqa banklarga berilgan
uzoq muddatli kreditlar” va 12105 — “Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va boshqa banklarga berilgan shartlari
qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan
zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14599 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni
qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan
chiqarilgan hamda qarzdor tomonidan qoplangan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
14599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga
Do'stlaringiz bilan baham: |