14705 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq
asosiy shartlari o‘zgartirilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya
organlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan
boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14701 — “Hukumatga berilgan uzoq
muddatli kreditlar” va 12305 — “Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga,
uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar
summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14799 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan
zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan
chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |