muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma hamda unga qo‘shimcha
kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli
kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib
boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14801 — “Budjet tashkilotlariga berilgan
uzoq muddatli kreditlar, 12405 — “Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar”
hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan budjet tashkilotlariga berilgan shartlari
qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin
bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14899 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan
zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”
hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |