15805 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan qaram xo‘jalik jamiyatlarining
xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati
hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha
xarajatlarni qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta
tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraq o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar
qiymati hamda bankning qaram xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida
yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan
qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan
boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga
asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi,
shuningdek bankning qaram xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga
kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi summasi va
investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy
kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lmagan har bir qaram xo‘jalik jamiyati bo‘yicha
alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |