O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalar — Boshqalar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

15813 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalar — Boshqalar


Hisobvaraqning  ta’rifi:  moliyaviy  institut  bo‘lmagan,  birgalikda  nazorat  qilinuvchi
faoliyatga, birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining aktivlariga yoki xususiy kapitaliga
qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning  debetida  investitsiyaning,  uni  xarid  qilish  bilan  bog‘liq  barcha
xarajatlarini  qo‘shgan  holda  summasi  va  Markaziy  bank  me’yoriy  hujjatlariga  asosan  qayta
tasniflangan  va  boshqa  mos  hisobvaraqlardan  ushbu  hisobvaraqqa  o‘tkazilgan  qimmatli
qog‘ozlar  qiymati  hamda  bankning  birgalikda  boshqariladigan  xo‘jalik  jamiyati  foydasidagi
ulushini  tan  olish  natijasida  yuzaga  kelgan  investitsiyasining  oshish  summasi  va  investitsiya
obyekti  bo‘yicha  o‘tkaziladigan  qayta  baholash  bilan  bog‘liq  ravishda,  uning  xususiy  kapital
hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga
asosan  qayta  tasniflangan  va  boshqa  mos  hisobvaraqlarga  o‘tkazilgan  investitsiya  summasi,
shuningdek bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish
natijasida  yuzaga  kelgan  investitsiyasining  kamayish  va  olinishi  lozim  bo‘lgan  dividendlar
summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda,
uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  moliyaviy  institut  hisoblanmagan  birgalikda  boshqariluvchi  xo‘jalik
jamiyatlarining har biri bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling