15817 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan sho‘ba xo‘jalik jamiyatlarining xususiy
kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi
yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiya qilingan mablag‘larning, uni xarid qilish bilan
bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi (investorning sof aktivlardagi ulushining
haqiqiy qiymatidan oshmagan summaga) va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta
tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan summa aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga
asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lgan har bir sho‘ba xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida
hisobvaraqlarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |