16529 Transport vositalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank ishida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalari
(avtomashina, yuk mashinalari va boshqa harakatlanuvchi vositalar)ning qiymati hisobga
olinadi.
Hisobvaraqning debetida transport vositalarining ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha
xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob
beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar
summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan
chiqarilayotgan transport vositalarining qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida
kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasining turi bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |