16541 To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish
uskunalari bo‘lmish bankomat, terminal, server va boshqa uskunalarning qiymati hisobga
olinadi.
Hisobvaraqning debetida xarid qilish, yetkazib berish va o‘rnatish bilan bog‘liq barcha
xarajatlarni hisobga olgan holdagi xarid qilish qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga
javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar
summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan
chiqarilayotgan uskunalarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan
tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.
16543 Yig‘ilgan eskirish summasi — To‘lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni
Do'stlaringiz bilan baham: |