17100 Valyutalar savdosi va valyuta pozitsiyalari
17101 Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bittadan ortiq valyuta kitoblarida aks ettiriladigan xorijiy
valyutalar ishtiroki bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarda bankning valyuta pozitsiyasi
hisobi yuritiladi. Shuningdek, ushbu hisobvaraq moliyaviy hisobotlar tuzish maqsadida xorijiy
valyutada ifodalangan aktiv va majburiyatlarning milliy valyutada qayta hisoblashda kurs
farqlari hisobini yuritish uchun qo‘llaniladi. Valyuta kursi farqidan foyda/zarar aks
ettirilgandan so‘ng, ushbu hisobvaraq qoldig‘i jamlangan balansda nolga teng bo‘lishi lozim.
Hisobvaraqning debetida (1) xorijiy valyuta kitoblarida sotilgan xorijiy valyuta
summasi, xorijiy valyutada to‘langan va hisoblangan xarajatlar hamda xorijiy valyutada sotib
olingan aktivlar. (2) So‘m kitoblarida sotib olingan xorijiy valyuta, o‘z aksiyalarini xorijiy
valyutada sotishdan tushumlar va xorijiy valyutada olingan yoki hisoblangan daromadlar,
shuningdek xorijiy valyutadagi aktiv va majburiyatlarni qayta hisoblashdan keyingi ijobiy
natija (foyda)ning so‘mdagi ekvivalenti aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida (1) xorijiy valyuta kitoblarida sotib olingan xorijiy valyuta
summasi, o‘z aksiyalarini xorijiy valyutada sotishdan tushumlar va xorijiy valyutada olingan va
hisoblangan daromadlar summasi aks ettiriladi. (2) So‘m kitoblarida sotilgan xorijiy valyuta
summasi, xorijiy valyutada to‘langan va hisoblangan xarajatlar hamda xorijiy valyutada sotib
olingan aktivlar, shuningdek xorijiy valyutadagi aktiv va majburiyatlarni qayta hisoblashdan
keyingi salbiy natija (zarar)ning so‘mdagi ekvivalenti aks ettiriladi.
Tahliliy hisob valyuta turlari bo‘yicha alohitsa shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |