muddatli kreditlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga Moliya
vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan
olingan kreditlarning hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning 22004-hisobvarag‘i ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
22005 Budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli
kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga budjetdan
tashqari fondlardan olingan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa
operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |