O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


  “O‘zbekiston  pochtasi”  OAJ  tarkibiy  bo‘linmalari  tomonidan  amalga


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet470/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

22612  “O‘zbekiston  pochtasi”  OAJ  tarkibiy  bo‘linmalari  tomonidan  amalga
oshiriladigan pul o‘tkazmalari va davriy nashrlarga obuna
Hisobvaraqning  ta’rifi:  “O‘zbekiston  pochtasi”  OAJ  va  uning  tarkibiy  bo‘linmalari
tomonidan  amalga  oshiriladigan  pul  o‘tkazmalari  va  davriy  nashrlarga  obuna  hisobi  olib
boriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘tkazma  operatsiyalar  va davriy  nashrlarga obuna bo‘yicha
“O‘zbekiston  pochtasi”  OAJ  tarkibiy  bo‘linmalariga  kelib  tushgan  naqd  pul  va  naqd  pulsiz
mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  debetida  belgilangan  maqsad  bo‘yicha  o‘tkazilgan  mablag‘lar,
shuningdek,  “O‘zbekiston  pochtasi”  OAJ  tarkibiy  bo‘linmalariga  madad  puli  sifatida  berilgan
naqd pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  operatsiya  turi  va  “O‘zbekiston  pochtasi”  OAJning  har  bir  tarkibiy
bo‘linmasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22613  Valyuta  bozorida  konvertatsiya  qilish  uchun  mijozlarning  zaxiralangan
mablag‘lari
Hisobvaraqning  ta’rifi:  valyuta  bozorida  konvertatsiya  qilish  uchun  mijozlarning
so‘mdagi zaxiralangan maqsadli mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida konvertatsiya uchun zaxiralangan, shuningdek, ilgari mazkur
hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan va belgilangan muddatda maqsadi bo‘yicha konvertatsiya
qilinmay qolgan so‘mdagi mablag‘larning kelib tushgan summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning
debetida  Valyuta  birjasi  hisobvarag‘iga  konvertatsiya  uchun  yo‘naltirilgan,  shuningdek,
maqsadi bo‘yicha foydalanilmay qolgan so‘mdagi mablag‘larning belgilangan tartibda hisobdan
chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling