22608 Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha
mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: brokerlik, anderrayting operatsiyalari bo‘yicha mijozlar va
uchinchi shaxslar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, shunigdek emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha
qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha mijozlarning mablag‘lari
hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida shartnoma bo‘yicha bank tomonidan uchinchi shaxslardan
qimmatli qog‘ozlar sotib olish, kelgusida vositachilik mukofotlari to‘lash uchun mijozlardan
kelib tushadigan, shuningdek shartnoma asosida qimmatli qog‘ozlar sotuvidan kelib tushadigan
mablag‘lar summasi aks ettiriladi. Bundan tashqari emitentlarning topshirig‘i bo‘yicha
qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish uchun emitentlardan kelib tushuvchi mablag‘lar summasi aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida shartnoma asosida mijozlar uchun qimmatli qog‘ozlarni sotib
olishga o‘tkazilgan, bajarilmagan shartnoma bo‘yicha mijozlarga qaytarilgan, bajarilgan
shartnoma bo‘yicha vositachilik mukofoti sifatida mijozlardan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar
summasi, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirishda egalariga o‘tkazilgan mablag‘lar
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22610 “O‘zbekiston pochtasi” OAJ tarkibiy bo‘linmalari tomonidan to‘lanadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |