23500 Mijozlarning plastik kartalaridan kelib tushgan tushum
23502 Infokioskalar orqali plastik kartalardan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlarida belgilangan to‘lovlar bo‘yicha infokioskalar
orqali plastik kartalardan foydalangan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga o‘tkazish
uchun infokioskalar orqali plastik kartalardan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisobvaraqlariga
o‘tkazilgan, infokioskalar orqali kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir infokioska bo‘yicha ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib
boriladi.
23504 Plastik kartalardan berilgan naqd pullar bo‘yicha jismoniy shaxslarning
plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit
hisobvaraqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd pullar,
aholining plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari hisobi
olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida aholining plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga
o‘tkazilishi, jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan naqd pullar berish uchun lozim bo‘lgan
pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan berilgan naqd
pullar, aholining plastik kartalari yoki omonatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan summalari aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |