kartalardan kelib tushgan tushum
Hisobvaraqning ta’rifi: plastik kartalardan foydalangan holda kelib tushgan savdo
tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun
plastik kartalardan kelib tushgan tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida savdo tashkilotlarining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan tushum
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir savdo tashkiloti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib
boriladi.
23514 Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha oluvchining
hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan plastik kartalardan kelib tushgan pul
mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: plastik kartalardan foydalangan holda boshqa to‘lovlar (olingan
kreditlar va ularning foizlarini to‘lash, homiylik, soliqlar va majburiy to‘lovlar, yordam
ko‘rsatish va boshqalar) bo‘yicha oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun pul mablag‘lari
hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazish uchun plastik
kartalardan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari
summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir oluvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23516 Xorijiy valyuta sotib olish uchun jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |