45800 Investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar
Ushbu hisobvaraqlar savdoga mo‘ljallangan va so‘ndirish muddatigacha saqlanadigan
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar uchun qo‘llaniladi.
45803 Savdoga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya —
qilishdan olingan foyda
45805 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarini sotish
yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi
uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning savdoga mo‘ljallangan va so‘ndirish muddatigacha
saqlanadigan qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobi olib
boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalardan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromad va foydalarning qaytarilish
summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida
31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks
ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |