90400 Bankning plastik kartalari, terminallari, bankomatlari va infokioskalari
90402 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik
kartalari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning
plastik kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy
shaxslarning plastik kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu
hisobvaraq uchun 96311 — “Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha
kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslar
plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan
tartibda yo‘q qilib tashlangan jismoniy shaxslar plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan
shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90404 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ
Do'stlaringiz bilan baham: |