O’zbekiston Respublikasi Toshkent Shahar Toshkent davlat transport universiteti


Download 278 Kb.
bet5/5
Sana21.01.2023
Hajmi278 Kb.
#1106373
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.LABORATORIYA MASHGULOTI.

Kompyuter (ing. computer — hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, K. hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida K. ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. K.ning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan K. (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan K. (IBM-360, 1BM-370, (AQSH), YESEVM (Rossiya) va boshqa, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar urnatilgan shaxsiy K.lar paydo boʻldi. Shaxsiy K. (mikro va-mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy K.ning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmgacha kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM (Ay-Bi-Em) firmasi shaxsiy K.ning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan K.ni, Apple firmasi esa Macintosh ("Makintosh") yoki oddiygina "maki" deb ataladigan K. ni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab mln. shaxsiy K.lar, 1 mln.ga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEHM) boʻlgan. K.lar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan K.dan, xujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan K.dan foydalaniladi. Istalgan K. tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda bulardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da K.ning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor {displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura K.ga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, K. tarkibiga "sichqon" manipulyatori va printer kiritiladi. "Sichqon" ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida K. ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy K.lar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi K.ning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor K.ning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish-ch iqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.

2. Tezkor xotira (TXQ ShK ishining joriy bosqichidagi hisoblash jarayonida bevosita qatnashayotgan axborotlarni (dasturlar va qiymatlar) saqlash uchun mo’ljallangan.


TXQ −kuchlanish uzilganda unda saqlanayotgan ma’lumot yo’qoladi. TXQ, asosini yarim o’tkazgichli eslab qolish elementlarining (triggerlarni) matritsasini o’z ichiga olgan katta integral sxemalar tashkil etadi. Eslab qoluvchi elementlar matritsaning vertikal va gorizontal shinalarining kesishuvida joylashgan; ma’lumotlarni yozish va o’qish tanlangan xotira yacheykasiga tegishli bo’lgan elementlar bilan ulangan matritsaning shinalari bo’yicha elektr impulslarni berish orqali amalga oshiriladi.
Konstruktiv jihatdan tezkor xotira elementlari ayrim xotira modullari ko’rinishida bajariladi. Katta bo’lmagan plataga bitta yoki bir nechta mikrosxemalar kavsharlangan.
Qo’llanadigan modullar tiplari:
- DIP (Dual In Line Package) va SIPP (Single In Line Package), hozir juda kam qo’llanmoqda;
- SIMM (Single In Line Memory Module); SIMM modullari 256 Kbayt, 1, 4, 8, 16, 32 yoki 64 Mbayt sig’imga ega, saqlanayotgan bitlar juftligi nazorat qilinadi va nazorat qilinmaydi; kompyuterning bosh platasi raz’yomlariga mos keluvchi 30 («qisqa» - eskirgan variant) va 72-kontaktli («uzun») raz’yomlarga ega bo’lishi mumkin; uzun modullar RAM EDO xotirasini tashkil etishda ham qo’llaniladi.

  1. Komp’yuterning har-xil vositali qurilmalarini boshqaruvchi elektron− sxemalar kontrollerlar deb yuritiladi.

IBM RS turidagi barcha komp’yuterlarda klaviatura, monitor, qattiq va egiluvchan disk va x.k.larning kontrollerlari mavjud. Hozirgi zamon komp’yuterlarining barchasida tizimli plata tarkibiga kontrollerlar kiradi. Bundaykontrollerlarni o’rnatilgan yoki birlashgan kontroller deb ataymiz. Amalda har bir kontroller o`zi uchun alohida yasalgan platada (kontroller platasida) joylashadi. Bu platalar tizimli plataning maxsus raz`yomlariga ulanadi. Natijada iste`molchi o`zining komp’yuteriga qo`shimcha vositalar qo`shish yoki almashtirishni oddiygina, mazkur kontroller platalarini sug’urib olish yoki tirkash bilan amalga oshiradi. Misol uchun faks-modem, tovush kartasi yoki teleko`rsatuv qabul qilish platasini o`zingiz ulashingiz mumkin
Ba`zida qattiq disklar (vinchester) va disketlar kontpollerlari bitta platada joylashgan bo`ladi.
4. -AMQ – arigmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradi
-BQ – SkHning barcha qurilmalarini boshqaradi
-Registrlar – ma’lumotlarni saqlash va manzillash uchun ishlatiladi.
-Portlar va shinalarni boshqarish sxemasi – mikroprotsessor bilan qurilmalar o’rtasida ma’lumotlar almashishga, kiritish - chiqarish portlariga sharoit yaratadi, adreslar va boshqaruv shinasini boshqaradi.
Mikroprotsessor yoki protsessor komp'yuterning miyasi. Komp'yuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta`minlaydi. U kichkina, to’rtburchak elektron sxema bo’lib, sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi.
Intel Pentium IV protsessorida kuchliroq issiqlik ajratgich va quvvatli sovutish ventilyatori ishlatiladi. Tizimli platani buzilishini oldini olish uchun Intel kompaniyasi tomonidan maxsus karkasli takomillashtirilgan ATX korpusi ishlab chiqilgan bo’lib, issiqlik ajratgich va sovutish ventilyatori unga tog’ri keladi.
Bundan tashqari Pentium IV ni ba`zi tizimli platalari maxsus tayanchli plastina bilan komplektda keltiriladi, ular ATX standart korpuslarida issiqlik ajralib chiqishini quvvatlashga xizmat qiladi. Pentium IV protsessoriga zaruriy kuchlanish berish uchun, shuningdek, ma`lum turdagi qo’shimchà kuchlanish ajratgichi o’rnatiladi. Pentium IV uchun mo’ljallangan elektr ta`minoti bloklari mavjud, yoki mavjud yuqori kuchlanishli ta`minot manbalaridan protsessorga energiya uzatish uchun qo’shimchà adapterdan foydalanish mumkin.
Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling