О‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


Download 1.88 Mb.
bet8/10
Sana14.01.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1092554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Миграция ва халқаро сиёсат намунавий дастур 2023

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Migratsiya va xalqaro siyosatda ichki va tashqi siyosatning asosiy tamoyillari.
2. Dunyoviy siyosat tushunchasining mazmun va mohiyati.
3. Dunyoviy siyosatda davlatlarning jahon hamjamiyatidagi maqomi.
4. Dunyoviy siyosatning migratsiya va xalqaro siyosat tizimiga ta’siri.
5. Milliy manfaatlar tushunchasining mazmuni, uning asosiy elementlari, metodologik tamoyillari va siyosiy ahamiyati.
6. Davlat milliy xavfsizlik konsepsiyalari, xarbiy doktrina, tashqi siyosat tamoyillari, mudofaa strategiyasini ishlab chiqishda milliy manfaatlarning roli.
7. О‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvida tashqi siyosat va xalqaro aloqalarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy tamoyillari.
8. О‘zbekistonning MDH mamlakatlari orasida iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishdagi о‘rni.
9. О‘zbekistonning Yevropa, Osiyo va Tinch okeani havzasi mamlakatlari bilan о‘zaro manfaatli aloqalari.
10. О‘zbekistonning Yaqin, О‘rta Sharq hamda arab davlatlari bilan hamkorlik aloqalari.
Mustaqil о‘zlashtiriladigan mavzular bо‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.

3.

V. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari
Talaba bilishi kerak:

  • Migratsiya va xalqaro siyosat fanini samarali о‘zlashtirish uchun О‘zbekiston Respublikasi va xorijda chop etilgan migratsiya va xalqaro siyosat fani bо‘yicha yetakchi mutaxassislarning ilmiy ma’ruza va chiqishlarini о‘zida mujassamlashtirgan ilmiy о‘quv-metodik qо‘llanma va adabiyotlardan keng foydalanish kо‘zda tutiladi. Shuningdek, eng muhim va dolzarb mavzular bо‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, seminar, "aqliy hujum"ga asoslangan bahs-munozaralar tarzida olib boriladi;.

  • turli mintaqalarda sodir boiayotgan siyosiy voqealar hamda mojaroviy va inqiroziy holatlar; jahon siyosiy sahnasida davlatlarning olib borayotgan siyosati negizlari; jahon hamjamiyatining turli xalqaro muammolarni hal qilishda tо‘plagan tajribasi; о‘z yechimini kutayotgan dolzarb xalqaro muammolar haqida tasavvurga ega bо‘lishi;

  • xalqaro aloqalar tо‘g‘risidagi axborot manbalari kafolatlari, migratsiya va xalqaro siyosatning siyosiy ifodasi, OAVda faoliyat kо‘rsatadigan jurnalistning majburiyatlarini bilishi kerak;

  • mazkur fan xalqaro jurnalistikaning siyosiy konfliktshunoslik va jurnalistika, diplomatiya asoslari fanlari bilan uzviyligini anglash muhim. Axborot olishda jurnalist odobi, kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida suiiste’mollarga yо‘l qо‘ymaslik; xalqaro aloqalar tahlilida jurnalistikaning asosiy tamoyillariga amal qilish kо‘nikmasiga ega bо‘lishi kerak;

  • migratsiya va xalqaro siyosat fanini о‘rganish jarayonida mavzularga oid turli kо‘rgazmali qurollar, qonunlar va qonunosti hujjatlari, chop etilgan manbalar, tarqatma materiallarlardan foydalana olish, ularni amaliyotda qо‘llash malakasiga ega bо‘lishi kerak.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling