O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti


Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi


Download 421.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana09.03.2023
Hajmi421.74 Kb.
#1255011
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari Ergashov Soxib

 
2. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining 
muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo'lib 
alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg'unlashtirish hisoblanadi. 
Bunday uyg'unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud.
Birinchisi – markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo'llash 
bo'lsa, ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor 


tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg'unlashtirishga layoqatlidir. 
Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu 
tufayli u muvaffaqiyatga erishadi. 
3. 
Iqtisodiy 
subyektlar 
tinimsiz 
harakat 
va 
izlanishlarining
ta’minlanishi. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir 
shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. 
Chunki xo‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik har qanday xo'jalik tizimini xonavayron 
qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy 
ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti 
million-million kishilami harakatga soladi, ulami boqimandalik kayfiyatidan 
qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko'rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir 
qatorda boshqa ko'plab ijobiy jihatlarini ham sanab o'tish mumkin. Jumladan: 
- uning ishlab chiqarishning o'zgamvchan sharoitlariga moslashuvi va ko'nikishining 
yuqori darajasi; 
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ulami ishlab chiqarishga joriy etishning 
jadal sur’ati; 
- turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati; 
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash; 
- cheklangan axborot - turli resurslaming narx darajasi va ulaming sarflanish 
darajasiga yo'nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish 
imkoniyati. 
Shu o'rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos 

Download 421.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling