O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti


Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga


Download 421.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana09.03.2023
Hajmi421.74 Kb.
#1255011
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari Ergashov Soxib

 


Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga 
solishni va iqtisodiy jarayonlarni uvg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va 
vositalar.
 
Bozoming iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini 
ajratib koisatish lozim boiadi. Bozor obyekti – ayirboshlash munosabatlariga 
jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va 
unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar. 
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do'konlari, 
avtomobilga xizmat koisatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat 
tovarlari do‘koni, tijoratchilaming savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, 
yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari 
bozoming odatdagi korinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don 
birjalari va auksion kabilar bozoming yuqori darajada rivojlangan koiinishlaridir. 
Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor 
subyektlari ikki gumhga - sotuvchi va xaridorlarga boiinib, ular bozor 
munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va 
xizmatlami taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari 
manfaatini bir-biriga bogiab, ulami muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda 
sotuvchi va xaridorlar o'rtasida bevosita aloqa mavjud boisa, boshqalarida bilvosita 
aloqa mavjud boiib, ular hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi. 
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan 
tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslami iste’molchilarga yetkazib berishdan 
iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bogiaydi, 
ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor 
vositachi bo’lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni 
tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan 
tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va 
tovaming bozor qiymati hosil boiadi. 

Download 421.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling