resurslaming erkin harakati ta’minlanadi va ulaming tarmoqlar o‘rtasida
taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga boigan talabini
bildiradi.
Bozor bu talabni ishlab chiqamvchilar va resurslami
yetkazib beruvchilarga
uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o‘rtasida taqsimlanib turadi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va
narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab,
bu bilan nimani,
qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab
chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor
narx vositasida iqtisodiy resurslami tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab
ortgan
tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda
bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari ham keltiriladi.
Bu vazifalami
yaqqolroq tasawur etish uchun ulami maxsus rasm koiinishida ifodalash mumkin
Bozor turli xil vazifalami bajarsa-da, ular o‘zaro
bogiiq va bir-birini taqozo
qiladi. Bozoming iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va
ichki tuzilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bozoming samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining
rivojlanganlik darajasiga bog'liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: