2)
moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank,
kredit
muassasalari, sug'urta va moliya kompaniyalari,
soliq idoralari va h.k.);
3)
ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat
idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);
4)
axborot xizmati idoralari (ma’lumotlami to'plash,
umumlashtirish va sotish
bilan shug'ullanuvchi muassasalar).
Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-
sotiq,
moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlami topishiga,
ishchi kuchini
yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha
tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ulaming
bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari
mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari
uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga
xizmat qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli
ulardan asosiylarining
qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam
savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi.
Uning tovar birjasi, fond birjasi,
valyuta biijasi, mehnat biijasi
singari turlari keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: