O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti “avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti
Download 0.79 Mb.
|
mahmudov
- Bu sahifa navigatsiya:
- ЗАТРАТЫ ТРУДА РАБОЧИХ ЧЕЛ-ЧАС
- 101 164 611 СТРОИТЕЛЬНЫЕ МАТЕРИАЛЫ
- ТРАНСПОРТНЫЕ РАСХОДЫ СУМ 5%
- ПРОЧИЕ ЗАТРАТЫ ПОДРЯЧИКА 13% СУМ
- ИТОГО С ОБОРУДОВАНИЕМ СУМ
- НДС 12% СУМ
- Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
- Sanoatkontexnazorat” agentligi
- Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati
- O’zbekiston Respublikasi enyergetika va elektrlashtirish Davlat aksionyerlik jamiyati
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar Mehnat muhofazasi bo’yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan: 1. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi. 2. “Sanoatkontexnazorat” agentligi. 3. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya nazorati. 4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong’indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi. 5. O’zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionyerlik jamiyati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo’yicha me’yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigiyenasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o’z texnik inspektoriga ega. “Sanoatkontexnazorat” agentligi bug’ qozonlarining to’g’ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko’tarish mashinalari (ko’tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi. Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo’qotish, sexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi. Davlat yong’in nazorati yong’inga qarshi tadbirlarni, ut o’chirish vositalarining holatini, yong’in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi. O’zbekiston Respublikasi enyergetika va elektrlashtirish Davlat aksionyerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatasiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi. Barcha ishlab chiqarish korxonalarida uch pog’onali nazorat amalga oshiriladi. I pog’ona – har kuni usta jamoatchi-nazoratchi birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko’radilar. II pog’ona – har hafta sex boshlig’i katta jamoatchig’nazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko’radi. III pog’ona – oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo’yicha korxonada qaror chiqariladi. Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan. Xulosa Xorazm viloyatidagi 4H1947 “Hazorasp — Urganch” avtoyo‘li — Nayman q. — “Bog‘ot — Yangiariq” IV toifali avtomobil yoʻlining 0-4 km bo’lagini mukammal ta’mirlash loyihasi mavzusida bitiruv malakaviy ishini bajardim. Yo‘l to‘shаmаsаni kuchаytirish mаvjud yo‘l to‘shаmаsi konstruksiyasini vа holаtini sinchiklаb tеkshirish vа kuchаytirishning zаrur qаlinligini hisoblаsh аsosidа bаjаrilаdi. Hisoblаshlаr yangidаn qurilаyotgаn yo‘l to‘shаmаlаrini qurishdаgi usullаr bilаn, аgаr mаvjud yo‘lning holаti qoniqаrli bo‘lsа, uning ekvivаlеnt elаstiklik modulidаn kеlib chiqib olib borilаdi. Аgаr tеgishli tа’mirlаshdаn vа kuchаytirishdаn kеyin mаvjud yo‘l to‘shаmаsi kеlаjаkdаgi tаlаblаrgа jаvob bеrаdigаn bo‘lsа, yon аriqlаrni chuqurlаshtirish vа suvni joyning pаstlik tomonigа tаshlаsh uchun аriqlаr qаzish yo‘li bilаn yo‘l poyining gidrogеologik shаroitlаrini yaхshilаsh usullаrini ko‘rib chiqish zаrur. Ko‘pginа eski yo‘llаr ko‘tаrmаlаrdа gruntlаrni joylаshtirish qoidаlаrigа rioya qilinmаsdаn, joyning tuproq-grunt vа iqlim shаroitlаrigа mos kеlmаydigаn pаst bеlgilаrdа qurilgаn edi. Bundаy shаroitlаrdа ko‘tаrmаlаrning bаlаndligini o‘zgаrtirmаsdаn turib, yo‘l to‘shаmаsini kuchаytirish nomаqbuldir. Shuning uchun yo‘l poyigа yanа qo‘shimchа grunt to‘kish kеrаk. Yupqа qаtlаmli eski yo‘l to‘shаmаsi аnchа yoyilgаn vа qoniqаrsiz holаtdа bo‘lgаnidа qimmаti qolmаydi vа uni buzishgа kеtgаn хаrаjаtlаr olingаn mаteriаl qiymаti bilаn oqlаnmаydi. Men bu bitiruv malakaviy ishimni IndorCAD, AutoCAD programmalari yordamida amalga oshirdim. Ustozlarimdan olgan bilim va ko‘nikmalarimni amalda namoyon etishga to‘liqligicha harakat qildim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. SHNQ 2.05.02-07 Avtomobil yo‘llarini loyihalash. 2. V.F.Babkov, O.V.Andreev “Avtomobil yo’llarini loyihalash” A.R.Qodirova tarjimasi. I va II-qism Toshkent. 2001,2004 yil. 3. V.F.Babkov, O.V.Andreyev “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” A.R. Qodirova tomonidan mualliflashtirilgan tarjima. I-qism. Toshkent: Yosh kuch press matbuoti, 2014 yil.- 526 b. 4. V.F.Babkov, O.V.Andreyev “Avtomobil yo’llarini qidiruv va loyihalash” A.R. Qodirova tomonidan mualliflashtirilgan tarjima. II-qism. Toshkent: Yosh kuch press matbuoti, 2015 y.- 495 b.Gorelishev N.V. i dr. Texnologiya i organizasiya stroitelstva avtomobilnix dorog. - M.: Transport, 1992. - 551s. 5. F.X. Ikramova Avtomobil yo’llarini loyihalash. O‘quv qo‘llanma. “Transport” nashriyoti, T.: 2021, 155 bet. 6. F. X. Ikramova. Avtomobil yo‘llarini loyihalash. Qattiq bo‘lmagan (nobikr) yo‘l to‘shamalarini kuchaytirish loyihasi. Uslubiy qo‘llanma TDTrU, -T: “Transport” nashriyoti, 2021, 36 bet. 7. O’zbekiston Respublikasini Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarda yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-sonli Farmoni 8. R.M. Xudaykulov “Avtomobil yo’llarini avtomatlashgan loyihalash”. O’quv qo’lanma. Toshkent. TDTU, 2022. 134 bet 9. Пакет программных продуктов CREDO, Минск, 2022.хғзҳ Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling