O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti “avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti
Download 0.79 Mb.
|
mahmudov
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASDIQLAYMAN”
- BMI rahbar: Abdullayev X TOSHKENT – 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI “AVTOMOBIL YO‘LLARI MUHANDISLIGI” FAKULTETI “AVTOMOBIL YO‘LLARINI QIDIRUV VA LOYIHALASH” KAFEDRASI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI MAVZU: Farg‘ona viloyatidagi 4K862 “Abay q. - Katta Andijon kanali - Bo‘rdoqichilik markazi” IV-toifali avtomobil yo‘lining 3-9 km bo‘lagini mukammal ta’mirlash loyihasi
TOSHKENT – 2023 Mundarija
Kirish Avtomobil yo‘li-avtomobil transporti qatnoviga mo‘ljallangan muhandislik inshooti. Iqtisodiyotning rivojlanishi va taraqqiy etishi avvalom bor avtomobil yo‘llari tarmog‘ining holatiga bog‘liqdir. Respublikamiz bo‘yicha tashilayotgan yuklarning asosiy qismini transport vositalari orqali o‘z manzillariga yetkazilishi, iqtisodiyotning rivojlanishida avtomobil yo‘llarining xalq xo‘jaligida tutgan ahamiyatini belgilab beradi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari maxsus vakolatli organ – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufida, ichki xo‘jalik yo‘llari – mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida, idoraviy yo‘llar yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘ladi. Bugungi kunda respublikada jami 209 496 km avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan: – umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari – 42 869 kmni; – ichki xo‘jalik yo‘llari – 141 882 kmni; – idoraviy yo‘llar – 24 745 kmni tashkil etadi. Avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish va uni samarali boshqarish tizimini yaratish hamda loyihalash va qurilish ishlarini sifatini oshirish shuningdek, to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida xurmatli Prezidentimiz tomonidan yo‘l xo‘jalik tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari tog‘risida ko‘plab farmonlari qabul qilib kelinmoqda. Jumladan Prezidentning “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi Strategiyaning asosiy maqsadi – avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirishning, ularning ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirishning iqtisodiyot barqaror va ildam rivojlanishiga, respublika mudofaa qobiliyati va iqtisodiy xavfsizligi mustahkamlanishiga, aholi turmush darajasi o‘sishiga ko‘maklashadigan yo‘nalishlari, yondashuvlari va mexanizmlarini belgilab olish. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun Strategiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: - yo‘l qurilishini rivojlantirish va takomillashtirish sohasida yagona davlat siyosati asoslarini ishlab chiqish; - amaldagi transport yo‘laklarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish, shuningdek quyidagilarni ta'minlaydigan yangi transport yo‘laklarini yaratish; - eskirgan yo‘l qoplamasi va boshqa yo‘l inshootlari tiklanishini ta'minlaydigan hajmlarda ta'mirlash ishlarini olib borish; - yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, transport-yo‘l majmuasining atrof muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish; - iqtisodiyot va aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, avtoyo‘llar tarmog‘ini takomillashtirish va kengaytirish hamda davlatning strategik vazifalarini hal etish; - avtomobil yo‘llarining ko‘kalamzorlashtirilishini va me'moriy-landshaft tuzilishini rivojlantirish. Men o‘z bitiruv malakavish ishimda Xorazm viloyatidagi 4H1947 “Hazorasp — Urganch” avtoyo‘li - Nayman q.-“Bog‘ot - Yangiariq” IV toifali avtomobil yoʻlining 0-4 km oraliqlarini mukammal ta’mirlash loyiha ishini bajarishga qaror qildim. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling