Fan/modul turi Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
1.
|
Fanning
nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Ma’ruza
|
Amaliy (Semi-nar)
|
Labora-toriya
|
Kurs ishi (loyihasi), HGI
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Oliy matematika
|
Jami: 60
1-semestr: 20
2-semestr: 20
3-semestr: 20
|
30
10
10
10
|
30
10
10
10
|
-
-
-
-
|
180
60
60
60
|
180
40
100
40
|
420
120
180
120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
O‘quv dasturida “Oliy matematika” faniga tegishli bo‘lgan barcha mavzular bo‘yicha talabalarga Davlat talim standartlari asosida etkazilishi shart bo‘lgan bilimlar va ko‘nikmalar to‘la qamrab olingan. Unda “Oliy matematika” fanining o‘qitilishi talim yo‘nalishlariga mos holda rejalashtirilishi ko‘zda tutilgan.
“Oliy matematika” fani texnika oliy o‘quv yurtlarida muhim va hal qiluvchi o‘rinda turadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va inson faoliyatining barcha jabhalarida keng qo‘llanilishi Matematika fanining ahamiyatini yanada oshirdi. Bu esa muhandis mutaxassislarning yuqori fundamental bilim saviyalariga doir talablarni yanada kuchaytirdi.
Mazkur fan tabiiy-ilmiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z navbatida umumkasbiy va mutaxassislik fanlari uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, maxsus fanlarni o‘rganish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilim ko‘nikmalarni to‘la egallash va matematik usullarni tanlab olingan soxalarida keng qo‘llashga tayyorlashdan iboratdir.
Fanning vazifasi bilim va ko‘nikmalarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha shakllantirishdan iborat: muxandislik masalalarini qo‘yish va echishda fundamental ko‘nikmalarni oshirish, tatbiqiy muxandislik masalalarini matematik modellashtirish, echish va mustaqil ravishda matematik adabiyotlardan foydalanish samaradorligini oshirish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |